-

Rada Ukraina TIV rahbarini iste’foga chiqardi

Ukraina parlamenti bugun mamlakat tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebani iste’foga chiqardi. Bu haqda Oliy Rada deputati Yaroslav Jeleznyak ijtimoiy tarmoq orqali yozgan.

Rada отправила в отсtaвку главу МИД Украины - RIA Novosti, 05.09.2024

Kuni kecha Spiker Ruslan Stefanchuk Kuleba iste’foga chiqish uchun ariza berdi, deya xabar tarqatgan edi.

RBK-Ukraina agentligi yozishicha, vazifasidan ozod etilgan siyosatchi Bryusselga elchi etib tayinlanishi mumkin.

Xitoyda “AstraZeneca” xodimlari hibsga olindi

Xitoy politsiyasi Britaniyaga qarashli “AstraZeneca” dorishunoslik kompaniyasining besh nafar sobiq va amaldagi xodimini qamoqqa oldi. Ular noqonuniy faoliyati uchun tergov qilinadi. Tekshiruvning bir qismi bemorlar haqida ma’lumot to‘plash bilan bog‘liq.

“Blumberg” agentligi qo‘lga olinganlarning hammasi Xitoy fuqarosi bo‘lib, ular kompaniyaning onkologiya bo‘limida saratonga qarshi ishlatiladigan dori-darmon sotish bilan shug‘ullanganini qo‘shimcha qilgan.

Yana bir manbada keltirilishicha, hukumat Xitoyda tarqatilishiga ruxsat etilmagan jigar saratoniga qarshi qo‘llanadigan preparatni import qilishga ehtimoliy aloqasi bor bir necha kishini ham tekshirmoqda.

Qirg‘iziston fuqarolarini Rossiyaga safar qilmaslikka chaqirmoqda

В Киргизии призvaли согражdan воздyerжаться от поездок в Россию - RIA  Novosti, 05.09.2024

Qirg‘izistonning Rossiyadagi elchixonasi o‘z fuqarolariga Rossiyaga safar qilishdan tiyilib turishni tavsiya qilmoqda. Bu xabarni qardosh mamlakat TIV matbuot xizmati tarqatgan.

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi joriy etilgan xavfsizlik choralari va chegarada nazorat kuchaytirilgani munosabati bilan respublika fuqarolariga arzirli sababsiz Rossiyaga bormaslikni tavsiya qiladi, deyilgan axborotda.

Xitoy Afrika bozorini egallashga intilmoqda

Киtaй стремится завоеvaть африканский рынок, счиtaет экспyerт - RIA Novosti,  05.09.2024

Navbatdagi Xitoy – Afrika hamkorlik forumi xalqaro maydonda kurash keskinlashgan, o‘ziga xos sharoitda bo‘lib o‘tadi.

– XXR bu maydondan hamkor mamlakatlarni ulkan bozor yordamida o‘z tomoniga og‘dirish maqsadida foydalanadi, – dedi Jazoirning Umma Al-Bugiy universiteti iqtisodiyot professori Murod Kavashiy “RIA Novosti”ga.

4-6 sentyabr kunlari Pekinda bo‘lib o‘tadigan ushbu yirik tadbirda 50 dan ziyod mamlakat yetakchilari ishtiroki kutilyapti. Bu yilgi sammit mavzusi –  Modernizatsiyani rivojlantirish va umumiy kelajakka ega Xitoy – Afrika hamjamiyatini qurish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish.

“Bir makon, bir yo‘l” Xitoyning Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrikadagi 60 dan ortiq davlatni bog‘lovchi mavjud savdo va transport yo‘laklarini takomillashtirish, yangilarini barpo etishga qaratilgan xalqaro tashabbusi bo‘lib, savdo aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Oltinning bir troya unsiyasi 3000 dollarga chiqishi mumkin

“RIA Novosti” ekspertlar tahliliga tayanib yozishicha, tillaning narxi bir yarim-ikki yil ichida troya unsiyasi uchun 3000 dollargacha chiqishi mumkin.

Hozir Nyu-Yorkdagi “Comex” birjasida bu qiymat 2500 dollar atrofida baholangan.
Uzoq Sharq federal universitetida 3 sentyabr kuni boshlangan, oyning 6-sanasigacha davom etadigan Sharqiy iqtisodiy forum ishtirokchilari “ehtiyotkorlik bilan” fikr bildirishicha, “Agar yil oxirigacha narx bir unsiya uchun 2600 dollarga yaqinlashsa, hayron bo‘lmaymiz, chunki hozir qiymat 2500 dollar nari-berisida o‘zgarib turibdi va yaqin ikki yil ichida 3000 ga chiqishini ko‘rishimiz mumkin”.

Dominikanada Venesuela hukumatining ikkinchi samolyoti olib qolindi

Dominikanada hibsga olingan Venesuela hukumatining ikkinchi havo kemasiga mamlakatni tark etish taqiqlandi, deb yozdi mamlakatda chiqadigan “Diario Libre”gazetasi.

Dushanba kuni CNN telekanali AQSH hukumati Venesuela Prezidenti Maduroning samolyotini Dominikana hududida ushlagani haqida xabar tarqatgan edi. Ayni payt Florida shtatiga olib ketilgan uchoq sanksiyani aylanib o‘tib xarid qilingan, deyiladi xabarda.

Amerika adliya vazirligi endi Vashington havo layneri musodara qilinishiga erishmoqchi, deya ma’lum qilgan.

Bangladeshda 70 ta to‘qimachilik fabrikasi yopildi

В Bangladesh закрылись более 150 швейных фабрик из-за протестов — RBK

Bangladesh poytaxti Dakkada chorshanba kuni tikuvchilar tomonidan uyushtirilgan norozilik aksiyasi tufayli 70 ga yaqin to‘qimachilik fabrikasi yopildi.

Mahalliy “Dhaka Tribune” nashri yozishicha, namoyishchilar ish haqini oshirish, mehnat sharoitini yaxshilashni talab qilmoqda.

Norozilik to‘qnashuv va buzg‘unchilik harakatini keltirib chiqargani sababli, vaziyat yanada keskinlashmasligi uchun korxonalar rasmiylar tomonidan yopilgan. Ishchilar ayrim yo‘llarni to‘sib qo‘ygan. Natijada tirbandlik yuzaga kelgan.

O‘rta yer dengizida yana 20 nafar muhojir yo‘qoldi
 
В Sредиземном море при крушении лодки пропали 20 мигрантов - RIA Novosti,  04.09.2024

O‘rta yer dengizida ro‘y bergan halokatdan so‘ng 20 kishi topilmayapti, tirik qolganlar Italiyaning Lampeduza oroliga olib ketilgan. Bu ma’lumotni BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligining ushbu davlatdagi vakili Kyara Kardoletti tasdiqladi.

– Omon qolganlar ma’lumotiga ko‘ra, kema 1 sentyabr kuni ag‘darilgan, – deb yozgan Kardoletti  ijtimoiy tarmoqda. – 20 kishining taqdiri noma’lum, yetti nafar omon qolgan muhojirning ahvoli og‘ir.

“Sole 24 Ore” gazetasi yozishicha, Italiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati yetti nafar Suriya fuqarosini qutqargan. Ular Liviyadan jo‘nagani, kema sahnida 28 kishi bo‘lgani, yo‘lga chiqqandan bir kun o‘tib, qayiq halokatga uchraganini aytgan.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo xabarlari qisqa satrlarda