Sayyoramiz aholisi 7 mingdan ziyod tilda gaplashadi. Biroq aholining 66 foizi ushbu tillarning faqat keng tarqalgan 40 tasida so‘zlashadi.

Har yarim oyda bitta til yo‘qolar ekan. Bunga qishloqlarda yashayotgan odamlar o‘zlarining kichkina turar joylarini tark etib katta shaharlarga yo‘l olishi va u yerlarda o‘zlarining mahalliy tilini unutishi sabab bo‘lar ekan. Hozirda ularning 400 dan ziyodi yo‘qolib ketish arafasida turgan tillar hisoblanadi. Eng tez yo‘qolib ketish ehtimoli bo‘lgan tillar Avstraliya, Afrika, Amerika aborigenlari so‘zlashadigan tillardir. Aksincha, eng mustahkam tillar, bu Yevropa tillari sanaladi. Yevropa tillarida faqat lotin tili (Vatikanning rasmiy tili) o‘lik til hisoblanadi.

Eng ko‘p ishlatiladigan tillar 

Dunyoda qaysi tillarda ko‘proq gapiriladi? Tasavvur qiling-a, dunyoda 7500 ga yaqin tillar mavjud. Bu xilma-xillikdan faqat bir nechtasi eng mashhur hisoblanadi va ko‘p ishlatiladi. Masalan, 1,3 milliarddan ortiq kishi so‘zlashadigan dunyodagi eng mashhur tillardan biri xitoy tilidir. Xitoy tili Chin mamlakatidan tashqari, Tayvan va Singapurda ham  rasmiy til hisoblanadi. Xitoy tili BMTning oltita rasmiy tillaridan biri hisoblanadi. 

Ingliz tili dunyodagi yana bir mashhur tildir. Bu eng keng tarqalgan til bo‘lib, dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida qo‘llaniladi. Buyuk Britaniya, AQSH, Yangi Zelandiya, Kanadada rasmiy hisoblanadi. Taxminan yarim milliard  kishi hind tilida gaplashadi. Bu til asosan Hindiston, Nepal, Bangladeshda qo‘llaniladi. Aksariyat tilshunoslarning aytishicha, hind tili tez orada eng ommabop tilga aylanadi, chunki bu tilda gapiradiganlar soni ortib bormoqda. Ispan tili butun dunyo maktablarida  qabul qilinmaganiga qaramay, u ispan tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda (Ispaniya, Kolumbiya, Meksika va boshqalar) eng keng tarqalgan tillardan biri hisoblanadi. Aytgancha, ispan tili ingliz tilidan ko‘ra ko‘proq mashhur bo‘lib bormoqda. Bundan tashqari, u biznes muzokaralarida, xalqaro sammitlarda ham qo‘llaniladi. Arab tilida ham ko‘p odam so‘zlashadi. Sayyoramiz aholisining 250 millioni arab tilini ona tili, deb hisoblaydi. Unda dunyoning 50 ta davlati vakillari so‘zlashadi. Arab tilida so‘zlashuvchilarning aksariyati Saudiya Arabistoni, Iroq va Quvaytda joylashgan. Arab tilining bunday mashhurligi, birinchi navbatda, Qur’onning keng tarqalganligi bilan bog‘liq. 

Rus tili ham xalqaro til hisoblanadi, hatto ayrim mamlakatlarda biznes yuritishda ham rus tili qo‘llaniladi. Ta’kidlanishicha, rus tili xitoy tilidan keyingi ikkinchi eng qiyin til hisoblanar ekan. Bundan tashqari, rus tili Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Belarus va boshqa mamlakatlarda rasmiy til hisoblanadi. 

Xalqimiz orasida  “til bilgan xor bo‘lmaydi” degan ibora bor. Umuman, bir yoki bir nechta xorijiy tillarni bilish sizni boshqa odamlardan ko‘ra ko‘proq imkoniyatlar sohibiga aylantirishi rost. Til bilsangiz biznes jarayonlarini olib borish ham til bilmaganlarga qaraganda ancha oson kechadi. Shu bois chet tilini o‘rganishni aslo kichik zarurat, deb bilmang. Zero, siz dunyodagi eng mashhur tillardan kamida bittasini (ingliz, xitoy, ispan yoki boshqasi) tushunsangiz yoki so‘zlasha olsangiz, boshqa mamlakatlarda aslo qiynalmaysiz. U yerning xalqlari bilan bemalol muloqotda bo‘la olasiz, til bilmagan hamrohingiz esa doimo sizning yordamingizga muhtoj bo‘ladi. 

Qaysi til eng murakkab hisoblanadi?

Bu savolga aniq bir javobni keltirish qiyin, chunki tilning qiyinligi ko‘p holatlarda odamning tajribasi va qabul qilish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Shunday bo‘lsada, “Eng murakkab tili” reytingi tuzilsa, ushbu ro‘yxatni arab tili bilan boshlasa bo‘ladi. Chunki arab tili o‘zining murakkab grammatikasi va ko‘p sonli kelishik formalari bilan boshqa tillardan ajralib turadi. Yapon tilini ham o‘rganish qiyin, chunki bu til yozuv tuzilishi bilan boshqa tillardan ajralib turadi. Shu bois xorijlik odam uchun yapon tilini o‘rganish qiyin va so‘zlari ham murakkab. 

Ayrim tillar atrofidagi madaniy muhit tufayli boshqa tillarga qaraganda murakkab tuyuladi. Masalan, Shimoliy Xitoy tili ulkan mamlakatning rasmiy tili hisoblanadi, ushbu tilni o‘zlashtirish ham oson ish emas. Rus tili ham murakkab hisoblanadi. Hatto ingliz tilining ham o‘z qiyinchiliklari bor. Ko‘rinib turibdiki, oson tilning o‘zi yo‘q. Hammasida ham lug‘at va qoidalarini o‘rganish uchun ko‘p kuch talab etiladi. 

Eng oson til, deb eng oddiy grammatik qoidalarga ega tillar aytiladi. Bunday tillarning alfavitida harflar ham oz, shuning uchun ularni yod olish oson. Eng oson o‘zlashtirsa bo‘ladigan zamonaviy tillar orasida ispan, italyan, fransuz va nemis tili hisoblanar ekan.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo tillari