Dunyo suratlarda
O‘zA o‘quvchilarni jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan suratlar yordamida boxabar etishda davom etadi.

Kanada: Milliy haqiqat va yarashuv kuni munosabati bilan Labradordagi Innu xalqi an’anaviy yig‘inida qad rostlagan innu chodirlari uzra mushakbozlik namoyish etildi.

Janubiy Koreya: Estoniyalik sleklayner Yaan Roos Koreya Respublikasida ilk bor o‘tkazilgan shahar xaylayn tadbirida ishtirok etdi. U yerdan 120 metr balandlikda tortilgan, uzunligi 160 metr arqon ustida yurdi.

Falastin: G‘azo shahrida Isroil zarbasi oqibatida vayron bo‘lgan turar-joy binosi xarobasi ostidan olib chiqilgan falastinliklar jasadini ommaviy dafn etish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda marhumlarning yaqinlari va hamdardlari ishtirok etdi.

Argentina: Dengiz qushlari Puerto-Madrin sohilida janubiy kit jasadini o‘rab olgan.

Xitoy, Shanxay: Bola 1937-yildagi II Xitoy – Yaponiya urushi davrida Shanxay jangida Chin askarlari yapon qo‘shinidan mudofaalangan Sixan ombori jangi yodgorligi oldida ibodat qilyapti.

Meksika: “Polo” dovuli Kaliforniya quyi yarim oroli sohiliga zarba bergandan so‘ng, Puerto-San-Karlosdagi suv bosgan ko‘chada elektr ta’minotini tiklash ishlari olib borilyapti.

Fransiya: Parij moda haftaligi doirasida dizayner Stella Makkartnining 2027-yil bahor-yoz mavsumiga mo‘ljallangan ayollar liboslari to‘plami namoyishi.

Afg‘oniston: Hilmond viloyatida aholi Pokiston havo zarbasi oqibatini ko‘zdan kechirmoqda. Pokiston Axborot vazirligi Afg‘onistondagi ikki nuqtaga zarba berilganini tasdiqlab, amaliyot jangarilar qo‘nalg‘alari va yashirin joylariga qaratilgani, natijada 22 nafar jangari o‘ldirilganini ma’lum qildi. Shuningdek, begunoh aholi qurbon bo‘lmasligi uchun zarur choralar ko‘rilganini bildirdi.

Xitoy: Pekin shahrida Milliy bayram kuni kelin Chaoyan bog‘ida to‘y suratiga tushyapti.

Buyuk Britaniya: Angliyalik futbolchi Ivan Touni 2025-yil dekabr oyida Soho hududidagi tungi klubda sodir bo‘lgan voqea yuzasidan jiddiy tan jarohati yetishiga olib kelgan hodisada aybsizligini ma’lum qilgach, Vestminster sudidan chiqib kelmoqda.

Malayziya: “Mercedes” jamoasi Formula-1 haydovchisi Jorj Rassell “Ferrari” muxlislari yonidan skuterda o‘tib ketyapti.

Falastin: G‘arbiy sohildagi Nablus shahrida Isroil harbiylari Jozef qabriga yuzlab isroillik ko‘chmanchilar kirgandan keyin o‘tkazilgan reyd vaqti pozitsiyani egallamoqda. Falastinning WAFA axborot agentligiga ko‘ra, Isroil harbiy texnikaci shaharning sharqiy qismiga kirgan, aholi esa ob’ekt atrofidagi uylarni tark etishga majbur qilingan. Askarlar uylardan harbiy istehkom sifatida foydalangan.
Fardona Yaxshiboyeva, O‘zA