Dunyo suratlarda
O‘zA o‘quvchilarni jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan suratlar yordamida boxabar etishda davom etadi.

Gvatemala. Gvatemala shahri yaqinidagi Fuego vulqoni faollashishi natijasida havoga kul va gaz chiqishi kuzatildi.

Buyuk Britaniya. Edinburg shahrida o‘tkazilayotgan “Edinburgh Festival Fringe” festivali doirasida “The Black Blues Brothers” jamoasi chiqishi oldidan suratga tushish marosimi bo‘lib o‘tdi. Keniyalik besh akrobatdan iborat jamoa rok-n-rol musiqasi sadosi ostida murakkab sahna harakati va tryuklar namoyish etdi.

Xitoy. Pekin shahrida qadimiy “A Thousand Li of Rivers and Mountains” asaridan ilhomlangan san’at installyatsiyasi piyodalar ko‘chasi uzra namoyish etilmoqda. Mazkur ijod namunasida tarixiy madaniy meros va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan.

Gretsiya. Psata shahri yaqinidagi Kiteronas tog‘ida davom etayotgan o‘rmon yong‘ini bartaraf etilmoqda. “Chinook” vertolyoti olovga suv sepib, ofatni nazoratga olish chorasini ko‘ryapti.

Eron. Tehron shahrida qizlar diniy marosimga tayyorgarlik ko‘ryapti. Ular mamlakat Oliy rahbari Oyatulloh Mujtoba Humonaiy suratini ushlab turgan holda, tadbirda qatnashish uchun yig‘ilgan.

Falastin. G‘azo shahrida Isroil hujumi oqibatida halok bo‘lgan ikki yirik oilaga mansub 112 nafar insonni dafn etish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ayrim marhumlar jasadi qoldig‘i vayrona orasidan yaqinda topilgan.

Niderlandiya. Venray shahri yaqinidagi Bosxyoyzerbergen tabiat hududida yuz bergan o‘rmon yong‘inini o‘chirish davom etmoqda.

Falastin. G‘azo shahrida fuqaro himoyasi xodimlari Isroil havo zarbasi tufayli vayron bo‘lgan avtomobilda yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirmoqda.
Fardona Yaxshiboyeva, O‘zA