Dunyo suratlarda
Dunyoning turli burchaklarida hayot bir lahza ham to‘xtamaydi. Voqealar, bayramlar, sinovlar – barchasi O‘zA ob’ektivida. Global manzaraga nazar tashlang!
O‘zA o‘quvchilarni jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan suratlar yordamida boxabar etishda davom etadi.

Buyuk Britaniya: Shimoliy Irlandiyaning Danmurri hududi Belfast shahrida joylashgan politsiya bo‘limi tashqarisida avtomobil portlagani haqida xabar tarqaldi. Hodisa yuzasidan sud-tibbiyot tergovchilari ish olib bormoqda. Belfast chekkasidagi mazkur hududda joylashgan uylardan odamlar evakuatsiya qilindi, aholiga voqea joyidan uzoqroq yurish tavsiya etildi.

Suriya: Damashq shahrida sobiq rejim yetakchisi Bashar Asadning amakivachchasi Atif Najib Adliya saroyidagi to‘rtinchi jinoiy sudda ko‘rilayotgan jarayonda sud zalining maxsus ajratilgan qismida o‘tiribdi. Najib avvalgi ma’muriyat davrida Dara’ aholisiga qarshi sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatda ayblangan.

Janubiy Afrika: Yoxannesburg shahrida yakshanba kuni Ozodlik kuni nishonlandi. Bu bayram 1994-yil mamlakatda o‘tkazilgan birinchi erkin va adolatli saylov hamda aparteid tuzumi tugashiga bag‘ishlangan milliy bayram hisoblanadi.

Falastin, G‘arbiy Sohil: Xebron shahri yaqinidagi Musofir Yatta hududida joylashgan Umm al-Xayr qishlog‘ida falastinlik o‘quvchilar yo‘l chetida o‘tirib, sessiyada qatnashmoqda. Yo‘l ko‘chmanchilar va Isroil kuchlari tomonidan yopilishi ularning maktabga borishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Yaponiya: Toxoku viloyatidagi Osuchi shahri yaqinida noma’lum kishi durbin orqali o‘rmon yong‘inini kuzatmoqda. Yuzlab o‘t o‘chiruvchi mamlakat shimolida yuz bergan ofatni daf qilishga urinmoqda. Rasmiylar esa 3200 dan ko‘p aholini xavfsizlikka rioya qilish maqsadida uyini tark etishga chaqirdi.

Yaponiya: Tokio shahrida go‘daklar va ota-onalar Naki Sumo festivalida ishtirok etdi. Ushbu tadbirda ikki nafar sumo kurashchining har biri chaqaloqni ko‘tarib turadi, hakamlar turli ovoz va harakat orqali bolani yig‘latishga harakat qiladi. Eng ko‘p yig‘lagan chaqaloq g‘olib chiqadi.

G‘azo: Dayr al-Baloh shahrida falastinlik juftliklar shanba kuni ommaviy nikoh marosimida ishtirok etmoqda.

Isroil: Tel-Aviv shahridagi Xa Bima maydonida shanba kuni kechqurun odamlar Eron bilan urush va Isroil hukumati siyosatiga qarshi namoyish o‘tkazdi.

Livan: Janubiy chegaraga yaqin hududda tank va harbiy texnika vayron bo‘lgan uylar orasidan o‘tib boryapti. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, shanba kuni Isroil uyushtirgan zarbalar oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan. Bu amaliyot Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi uzaytirilganiga qaramay sodir bo‘ldi.

Gvatemala: “La Aurora” hayvonot bog‘ida 4 oylik “Humboldt” laqabli Kampito pingvini ommaviy axborot vositalariga taqdim etildi. Kampito va Nansi 2013-yil Fransiya tomonidan hadya qilingan jonivorlar guruhidan keyin tug‘ilgan eng so‘nggi pingvin bolalaridir.

Shri-Lanka: Kolombo shahrida Negombo sud majlisidan so‘ng mahalliy rohiblar hibsxonaga olib ketilyapti. Rasmiylarga ko‘ra, Tailanddan qaytgan 22 nafar rohib giyohvand modda saqlashda ayblangan.

Buyuk Britaniya: G‘arbiy Yorkshirdagi Morli shahri fuqarolari har yili o‘tkaziladigan Avliyo Jorj bayrami doirasida Nottingem ritsarlari ishtirokidagi paradda qatnashmoqda.

Eron, Tehron shahri shimoli-g‘arbida joylashgan Chitgar ko‘lida odamlar dam olyapti. Rasman Fors ko‘rfazining Shahidlar ko‘li nomli ushbu sun’iy ko‘l aholi uchun jozibador dam olish maskani hisoblanadi.
Fardona Yaxshiboyeva, O‘zA