O‘zA o‘quvchilarni jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan suratlar yordamida boxabar etishda davom etadi.

Eronning Isroilga raketa hujumidan so‘ng favqulodda yordam xodimlari Be’er Sheva shahridagi shikastlangan mashinalar oldida turibdi.

Keniyaning Nakuru shahridagi mahalliy aholi vakillari yonayotgan shinalar oldida hukumatga qarshi norozilik namoyishi uyushtirmoqda.

Buyuk Britaniyalik harbiylar mamlakat mudofaa va xavfsizlik sanoati kunida o‘zlarining “Jet” uskunasini namoyish qilmoqda.

Xitoy. Qutqaruvchilar Guychjou provinsiyasi Ronszyan okrugida suv toshqinidan jabr ko‘rgan fuqaroni evakuatsiya qilmoqda.

Ispaniyaning Barselona sohillarida mahalliy aholi bayramdan so‘ng chiqindilarni tozalamoqda.

Fransiyaning Parij shahrida o‘tayotgan dizayner Entoni Vakkarelloning 2026 yil bahor yoz mavsumi uchun liboslar kolleksiyasida modellar chiqish qilmoqda.

AQSH prezidenti Donald Tramp Niderlandiyaning Gaaga shahrida bo‘lib o‘tayotgan NATO sammitida Qo‘shma Shtatlar mudofaa vaziri Pit Xegset va Davlat kotibi Marko Rubio bilan matbuot anjumanida qatnashmoqda.

Chilining qurg‘oqchil Atakama cho‘lida tadqiqotchilar havodan namlik tomchilarini ushlash uchun to‘rdan foydalanib, hududda limon yetishtirishga harakat qilmoqda.

Samoga parvoz qilgan “SpaceX” kosmik kemasining qoldiqlari Meksikaning Matamoros hududiga kelib tushdi.

Venetsiya. Kaptarlar “Amazon” asoschisi Jeff Bezosning yuzi tushirilgan qalbaki pul qog‘ozlari oldida makkajo‘xori donalarini terib yemoqda.

Gollivud aktyori Tom Kruz Buyuk Britaniyaning London shahrida “F1: The Movie” filmi premerasida ishtirok etmoqda.

Falastinliklar G‘azo sektori shimolidagi Bayt Lahia shahrida yordam yuklarini olish uchun mashina ustiga chiqishga urinmoqda.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va uning qizi Kim Ju Ae o‘lkadagi Vonsan sayyohlik markazining ochilish marosimida ishtirok etmoqda.

Eronning Tehron shahrida mahalliy kishi sulhning dastlabki soatlarida Isroilga qarshi reklama banneri yonidan o‘tib ketmoqda.

Gretsiya. O‘t o‘chiruvchilar va ko‘ngillilar Xios orolidagi Sikousis qishlog‘i yaqinida o‘rmon yong‘inini bartaraf etishga harakat qilmoqda. 

Politsiya xodimlari Gaagadagi NATO sammiti oldidan norozilik namoyishida ishtirok etib, qochishga urinayotgan shaxsni ushlashga harakat qilmoqda.

Rossiyaning uchuvchisiz samolyoti Kiyev shahridagi turar-joy binolariga kelib urilgan payt kuchli portlash sodir bo‘ldi.

Suriyaning Raqqa shahridagi Furot daryosida bolakay buqalar ustiga chiqib, ularga suv sachratmoqda.

Meksika. Tinch okeanining janubiy qirg‘og‘ida kuzatilgan kuchlitropik bo‘rondan so‘ng restoran xodimi ichkaridan stollarni olib chiqmoqda.

Ayol Vashingtondagi Linkoln memorial binosi oldida turgan “Lady Liberty's Mouth of America” art installyatsiyasini suratga tushirmoqda.

Xalqaro “Qizil Xoch” jamiyati a’zosi Kolumbiyaning Bello shahridagi ko‘chki hududida qidiruv-qutqaruv ishlarida qatnashmoqda.

O‘tkir Mirzo tayyorladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo suratlarda