Andijon viloyatining Xonobod shahrida “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada san’ati festivali birinchi kunida qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Dengiz sathidan 850 metr balandlikda joylashgan  o‘zining go‘zal va so‘lim tabiati, hududidagi minglab manzarali  daraxtlari, yashil maydonlari, noyob gullari bilan ko‘pchilikni o‘ziga maftun etadigan, Prezidentimiz tashabbusi bilan Farg‘ona vodiysining turizm markaziga aylanayotgan Xonobod shahri bugun qo‘shaloq bayram shukuhi bilan yashamoqda.  

Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida o‘tayotgan “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada san’ati festivali nafaqat Xonobod ahliga, balki shahar mehmonlariga, barcha yurtdoshlarimizga haqiqiy bayram shukuhini hadya etmoqda.  

[gallery-24793]

Festival doirasida Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida viloyatning tuman va shaharlaridan kelgan jamoalar  tomonidan namoyish etilgan hududlarga xos an’analar va milliy qadriyatlar tarannum etilgan badiiy dasturlar,  hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalarini yurtimizning turli viloyatlari, qo‘shni Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa qator davlatlardan tashrif buyurgan mehmonlar katta qiziqish bilan tomosha qilmoqda.  

–Men festivalda o‘zim tayyorlagan milliy qo‘g‘irchoqlar, suviner mahsulotlar ko‘rgazmalari bilan ishtirok etyapman, – deydi Hunarmand uyushmasining Toshkent viloyati Pskent tumani bo‘limi rahbari, hunarmand Dilnoza Rahmonqulova. – Ellikdan ortiq turdagi mahsulotlarim ko‘pchilikka manzur bo‘lmoqda, katta qiziqish bilan xarid qilishmoqda. Umuman, mazkur festival milliy hunarmandchilik mahsulotlarini namoyish etish uchun keng maydonga aylandi.

Madaniyat va istirohat bog‘ining asosiy sahnasida viloyatda faoliyat olib borayotgan qo‘shiqchilar, san’at namoyondalari, ansambllar tomonidan namoyish etilgan badiiy dasturlar yurtimizdagi tinchlik, xotirjamlik, millatlararo do‘stlikning haqiqiy tarannumiga aylandi.  

–Festivalni tomosha qilish uchun kelinlarim, nabiralarim bilan Jalolobod oblastining Bozorqo‘rg‘on rayonidan keldik, – deydi qirg‘izistonlik mehmon Manzuraxon Ergasheva. – Avvalgi yillari festival haqida ko‘p eshitgan edik. Mana, bu yil kelib ko‘rishlik nasib etdi. Tashkil etilgan ko‘rgazmalar, san’atkorlar, dorbozlarning chiqishlari, yuqori ko‘tarinkilikdan hayratim cheksiz. Ayniqsa, shaharning obodligini aytmaysizmi, ochig‘i obod yurtingizga, go‘zal bayramingizga juda havasim keldi.  

Festivalning kechki tadbirlari, estrada yulduzlarining chiqishlari Xonobod shahrining Kampirrovot mahallasi hududida barpo etilgan ulkan maydon va o‘ziga xos tarzda bezatilgan sahnada bo‘lib o‘tdi.  

Kechki tomoshalarni imkon qadar ko‘proq yurtdoshlarimiz ko‘rishini ta’minlash uchun viloyatning barcha tuman va shaharlaridan maxsus avtobuslar tashkil etildi.  

Minglab mehmonlar, estrada san’ati ixlosmandlari festivalning birinchi kunida dastlab Germaniyaning mashhur “Arabesque” pop-guruhi hamda italiyalik estrada yulduzi Ingrid Alberinining chiqishlarlarini katta qiziqish bilan tomosha qildi.  

Shundan so‘ng zamonaviy libos va modalar namoyishi o‘tkazildi.  

Jahon estradi yulduzlaridan biri hindistonlik Alisha Chinal(Alisha Chinai)  o‘zining go‘zal qo‘shiqlari bilan tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Shuningdek, yurtimiz estradasining taniqli vakillaridan biri Munisa Rizayevaning chiqishlari ham barchaga xushnudlik bag‘ishladi.  

Dunyoga ovoza bo‘layotgan “Dunyo sadolari” festivali davom etmoqda.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Mh35knwvWxU?si=PKIydPvaS9K5urHt" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

F. Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Dunyo sadolari” dunyoga ovoza bo‘lmoqda