Dunyo qilichbozlari Toshkentda jam bo‘ldi
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon kubogi bosqichi start oldi va 29-mart kuniga qadar davom etadi.
Musobaqada mamlakatimiz qilichbozlaridan tashqari AQSH, Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Qozog‘iston, Saudiya Arabistoni, Venesuela, Chili va boshqa mamlakatlardan kelgan sportchilar yakkalik va juftlik bahslarida raqobatlashmoqda.
Shuni ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, jahon kubogi bosqichida Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibayeva, Samira Shokirova, Karina Kurbanova, Darina Babajanova, Salima Ro‘ziyeva, Bibiaysha Husanboyeva, To‘lqinoy Bekbauliyeva, Sevara G‘aniyeva va Nargiza Utebayeva kabi qilichbozlarimiz terma jamoa safida mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda.
[gallery-28389]
Musobaqa dasturiga ko‘ra, bugun, 27-mart kuni sportchilar saralash bahslarida qatnashadi. 28-mart sanasida yakkalik bahslar start olsa, soat 15:20 da jahon kubogi bosqichining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. So‘ngra yarim final va final bellashuvlari tashkil etiladi. 29-martda esa jamoaviy bahslarda g‘olib hamda sovrindorlar saralanadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA