3 fevral – Muhammad Shayboniyxon tug‘ilgan kun

 Ko‘pchilikni bir narsa hayron qoldiradi. Nega tariximizning eng suronli yillari – XVI asrda va undan keyingi davrda bir necha asr hukm surgan sulolalar hayoti va faoliyati xususida ilmiy va badiiy asarlar juda kam yaratilgan? Mashhur Shayboniylar sulolasi hukm surgan  davr – 1500 yildan 1601 yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Movarounnahr hamda Xurosonda qanday shiddatli hodisalar yuz berganligi haqida ko‘pchilik hatto bexabarligiga sabab nima? Bu savollarga javob izlash uchun 1451 yil 3 fevralda tug‘ilgan, bu sanani har yili g‘urur va faxr bilan nishonlaydigan dunyo o‘zbeklarining faxriga aylangan  buyuk hukmdor va ulug‘ shoir Muhammad Shayboniyxon hayoti va faoliyati to‘g‘risida batafsil fikr yuritish  lozim ekanligini dildan his etdim.

O‘tmishda juda katta iz qoldirgan mashhur  zot  to‘g‘risida so‘z  ketganda ulug‘ hukmdor va yirik astronom olim Mirzo Ulug‘bekning  kuyovi, o‘zbeklar tarixi sahnasida juda katta mavqega ega bo‘lgan  Abulxayrxon ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Uning o‘g‘li Budoq Sulton  xonadonida dunyoga kelgan Shayboniyxon aslida kim edi? Eng  tashvishlanarli jihati, Markaziy Osiyodagi davlatlar kitob  rastalarida hamda kutubxonalarda o‘zbek xalqining ulug‘ hukmdori va buyuk shoiri Muhammad Shayboniyxon hayoti va faoliyati   xususida oliy o‘quv yurtlari va maktablar uchun yozilgan darsliklarda nihoyatda  kam to‘xtalib o‘tilgan.       

Uning otasi Budoq Sulton bo‘lajak mashhur xonning yoshlik chog‘laridayoq olamdan o‘tgan edilar. Buning ustiga onasi Qo‘zibegim ham uzoq umr ko‘rmadi. Shu boisdan ukasi Mahmud Sulton bilan yetimlikning mashaqqatli kunlarini boshidan kechirdi. Xayriyatki, uning baxtiga Budoq Sultonning ishonchli xizmatkorlaridan biri  sanalgan Qorachabek ularga yordam qo‘lini uzatadi. Bundan tashqari O‘tror hamda Turkistonning nomdor hukmdori Muhammad Mazid Tarxon ko‘magi bilan kamol topgan. U yosh yigitning aqlu-zakovatiga va qobiliyatiga qoyil qoladi. Shu sababli  uni o‘z xizmatiga olganligi bejiz emas. Lekin  Muhammad Shayboniyxonning harbiy salohiyati yuqoriligi hamda bahodirligidan xavfsirab qoladi. Shu bois bo‘lajak hukmdorni o‘zidan uzoqlashtirish yo‘llarini izlay boshlaydi. Natijada maqtab-maqtab  Buxoro hokimi Abdulali tarxon ixtiyoriga o‘tkazadi.

Uning nihoyatda bilimli bo‘lishiga sabab Buxoro madrasasida ikki yil davomida ilm sirlarini o‘rganganidir. Hatto yoshligidanoq Quroni karimni yod olganligi uning kelajakda islom dinining rahnamolaridan biri bo‘lib yetishishidan dalolat berardi. Muhammad Shayboniyxon to‘g‘risida Buxoro davlat universitetining doktoranti A.Nusratov quyidagilarni yozgan edi: "Chunonchi "Muzakkiri Ahbob"ning maqola qismida Nisoriy Shaboniy xukmdorlar haqida to‘xtalib XVI asr Buxoro xonligi madaniyatini boshlab bergan Muhammad Shayboniyxonni Buxoroga ilm izlab kelganligi, o‘ta taqvodor inson bo‘lganligi, Naqshbandiya tariqatining asoschisi hazrat Bahouddinning maqbaralariga ibodat qilib yashaganligi xususida ma’lumotlarni keltiradi. Xajai buzrukvorning nabirasi Nizomiddinxoja Mir Muhammad Naqshbandiyning xizmatlarida bir muddat bo‘lib u kishiga murid tutingan. Nizomiddinxoja Mir Muhammad Naqshbandiy Muhammad Shayboniyxonga u haqida bir ilohiy bashorat bo‘lganligini, uning bu yurtni tark etmasligi haqida, uning iqboli va taqdirida shu o‘lkada buyuk ishlarni qilishga bir ishorat borligini aytadi. O‘sha bashoratli ishoraga amal qilgan Shayboniyxon 12 yil davomida Turkiston viloyatidan Xurosongacha bo‘lgan katta bir hududda o‘z imperiyasini tuzib, u yerlarni iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy jihatdan baquvvat hamda obod o‘lkalarga aylantiradi. Muallifning keltirishicha, Muhammad Shayboniyxon ko‘plab ilm sohalarini mukammal egallagan kishi bo‘lgan. She’riyat sohasida o‘nlab shoirlarga e’tiqodi va e’tibori baland edi. Mudom olimu fozillarni to‘plab ilmiy suhbatlar uyushtirganligi haqida qiziqarli va aniq ma’lumotlarni keltiradi"

 U Samarqandga  Movarounnahrning taniqli hukmdori Sulton Ahmad mirzoning iltimosi tufayli kelib qoldi. Hukmdor Muhammad Shayboniyxonni behudaga chaqirmagan edi. Toshkent hokimi Sulton Mahmudxonni mahv etishda faqat va faqat bo‘lajak ulug‘ Xonning qudrati va salohiyatiga ishonch bildirgandi.          

Muhammad Shayboniyxon Samarqandga kelganidan keyin  oradan bir yil o‘tib, ya’ni 1483 yilda siyosat sohasida katta muvaffaqiyatlarga erisha boshladi. Misol uchun, Sig‘noq, Arquq, O‘zgan shaharlarini egallab olganligi fikrimizning dalili bo‘la oladi. Biroq, Shayboniyxon bu joylar hukmronligini uzoq ushlab turolmadi. Oradan uch yil o‘tgach, Burunduqxon, Atiq sulton hamda  Hamzabek sulton mang‘itlarning obro‘li amaldorlaridan biri Hamzabek bilan til biriktirib Shayboniyxonga qarshi kurashga otlandilar. Natijada bu shaharlar qo‘ldan ketdi.

Shu boisdan u Movarounnahrning g‘arb tarafiga yo‘l oldi. Ozroq vaqtdan so‘ng Xorazmdagi Tirsak qal’asi Shayboniyxon ixtiyoriga o‘tdi. Keyinchalik u Buldumsoz qal’asini ham egallab olish niyatida edi. Bu yerda unga omad kulib boqdi. Qal’aning hokimi  Amir Xalil nayzachi degan kishi va  amaldorlar uni sovg‘a-salomlar bilan siyladilar. Buning ustiga  ular Buldumsoz qal’asini hech qanday qarshilik ko‘rsatmasdan Shayboniyxonga  topshirdilar. Birozdan so‘ng Adoq ham  uning tasarrufiga o‘tdi. Xullas, 1490 yillargacha Xorazmda Shayboniyxonning ta’siri kuchli edi. Agar  Sulton Mahmudxonning iltimosi bilan O‘trorga ketib qolmaganida balki yana uzoq yillar bu joylarda hukmronligini saqlab qolgan bo‘lur edi.

...Bultur Qashqadaryoda xizmat safarida bo‘lganimda bir vaqtlar Muhammad Shayboniyxon jangu jadallarda qatnashgan joylarni ko‘zdan kechirdim. Ayniqsa ko‘hna tumanu shaharlarda turli kasb egalari bilan gurung qildim. Ularning ba’zilari  moziyga doir yodgorliklar bilan tanishtirdilar. Tarixiy voqealar haqida maroq bilan so‘zladilar. Muhammad Shayboniyxon hayotining ko‘p yillari Buxoro bilan bog‘liq. Negaki u shu shaharda o‘qigan. Ayrim yillari poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko‘chirilganligi ham bejiz emas. Xullas, Muhammad Shayboniyxonning salkam oltmish yillik hayoti va faoliyatining  taxminan qirq yildan ko‘prog‘i Buxoroda kechgan.

Taniqli shoirlardan biri Chorsham’ “Shayboniylar davrida Buxoroda ulkan o‘zgarishlar yuz bergan” deya e’tirof etganligi bejiz emas. Chunki bu yirik shaharda va  qishloqlarda ilm-fan rivojlangan. Olimlar va shoiru adiblarga katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatilganligi ham sir emas. Buxoroga bir necha marta borganimda bunga guvoh bo‘ldim.

Hozirgi Qozog‘iston hududida o‘zbeklar, tabiiyki, qo‘ng‘irotlar ko‘pligi sir emas. Xususan, Muhammad Shayboniyxon hayotining o‘nlab yillari shu bepoyon hududda kechganligi haqida tarixiy, ilmiy adabiyotlarda bir necha marta ta’kidlangan. Ayniqsa, Turkiston, O‘tror, Yassi, Sayram va boshqa o‘nlab shaharu qishloqlarda ham ajdodlarimiz, jumladan, Muhammad Shayboniyxon faoliyat ko‘rsatganligi haqidagi ma’lumotlarga tarixiy, ilmiy asarlarda ko‘p duch kelganman.             

Mabodo O‘zbekiston televideniyesi jurnalistlari qo‘lida mikrofon tutib, ko‘chada yurgan yuz kishiga: “Muhammad Shayboniyxon kim?” deb savol berishsa, aminmanki, atigi ikki yoki uch kishigina “Shayboniyxon Movarounnahr va Xurosonning XVI asrdagi buyuk hukmdori va ulug‘ shoiri” deb javob berishi mumkin. Eng achinarlisi, ayrim adabiyotlarda, qissa va romanlarda,  telespektakllarda Shayboniyxon asosan salbiy obraz qilib  tasvirlanishi esa nohaqlik va adolatsizlikning yorqin namunasidir.

Davr talabiga binoan Shayboniyxon turkiy tilidan tashqari fors tilini yaxshi egallagan, she’riyatga qiziqib, o‘zi she’rlar yozgan. Xonning baytlari uning atrofidagi mualliflarning asarlarida keltirilgan. Hasanxoja Nisoriy o‘zining “Muzakkir al-ahbob” asarida Shayboniyxonning bayt va g‘azallaridan namunalar keltiradi. Xon haqida yozar ekan u: “Yaxshi she’rlari bor edi”, deb ta’kidlab shunday deb qayd qiladi: “… Hazrati shayx Najmiddin Kubroning… vafoti tarixini yaxshi aytgan. Tarix: Oning tarixidur shahi shuxado, Yana bir alif birla bo‘lur ado”.

Akademik Bo‘riboy Ahmedovning qayd etishicha, Binoiyning “Shayboniynoma” asari o‘zbek klassik adabiyotining nodir namunalaridan biri hisoblanadi. “Shayboniynoma”ning kengaytirilgan naqli katta ilmiy ahamiyat kasb etadi. Shunga qaramay asar hali  yaxshi o‘rganilmagan, tadqiqotchi olimlar uning boy ma’lumotlaridan deyarli foydalanmayaptilar. “Shayboniynoma” hozirga qadar nashr etilmagan. Yirik sharqshunos olim M.A.Sal’ening so‘zlariga qaraganda 1945 yili O‘zbekiston fanlar akademiyasi qoshidagi sharqshunoslik institutida  asarning matni va ruscha tarjimasi izohlar bilan nashrga tayyorlab qo‘yilgan. Lekin u nashr etilmay qolgan va muhim ilmiy ishning taqdiri bizga ma’lum emas. 

Dunyo o‘zbeklarining azaliy orzusi – Muhammad Shayboniyxon ulug‘ shoir va buyuk hukmdor sifatida tarixiy romanlar, dramalar, badiiy filmlarga bosh qahramon qilib olinishga arziydigan mashhur shaxs. Balki kelgusida xalqaro Shayboniyxon jamoat fondini tashkil etish  ham maqsadga muvofiqdir. Maqolani taniqli davlat va jamoat arbobi Qudratilla Rafiqovning so‘zlari bilan yakunlashni lozim topdik. “Nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoning o‘tmish taqdirida muhim rol o‘ynagan Muhammad Shayboniyxon va Shayboniylar sulolasini ham   alohida eslatib o‘tish lozim. Temuriylar saltanati tanazzulga yuz tutib, oxir-oqibat parchalangach, o‘lkamizni Eron hukmdori Ismoilshoh qo‘shinidan saqlab qolgan ham aynan Shayboniylar bo‘ladi. Ehtimol, mard Shayboniylar bo‘lmaganida, Turkiston  allaqachon Fors imperiyasining shimoli-sharqiy viloyatiga aylanarmidi?"

Jovli XUSHBOQOV, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo o‘zbeklari orzusi