18 oktyabr – Samarqand shahar kuni

Ilm-fan, madaniyat va ma’rifat markazi, deyilganda qadimdan va bugunga qadar dunyo ko‘z oldiga Samarqand keladi. Bu zamindan dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomalar yetishib chiqqan. Muqaddas qadamjolari va mehmondo‘st ahli bugun ham dunyo sayyohlarini mezbon qilishda davom etmoqda.

“Yer yuzining sayqali” deb tan olingan va sohibqiron Amir Temur birlashtirgan davlatning toji Samarqand yuragi “Registon” bilan hamisha mag‘rur.

1996 yilning 18 oktyabr kuni sohibqiron Amir Temurning 660 yillik yubileyida Samarqand shahri “Amir Temur” ordeni bilan taqdirlandi va shu kun – 18 oktyabr Samarqand shahar kuni deb belgilandi.

Manbalardan ma’lumki, Amir Temur ilm-fan, san’at va madaniyatga chin ma’noda homiylik qilganligi tufayli Samarqandda me’morchilik, she’riyat, ilm-fan, monumental rangtasvir, manzarali rangtasvir, to‘qimachilik san’ati, naqqoshlik, kandakorlik, toshtaroshlik, shishasozlik, kulolchilik g‘oyatda rivojlandi.

Bir-biridan go‘zal, betakror obidalar –  Bibixonim jome’ masjidi, Ko‘ksaroy, Bo‘stonsaroy, Shohizinda kabi maqbaralarni bunyod etdi va xushmanzara 12 bog‘-saroyni yaratdi.

XIV–XV asrlarda Samarqand Turonning eng ulug‘ daholari uchun ijodiy laboratoriya vazifasini ham bajardi va tarixdagi eng nodir hodisa, Renessans – Uyg‘onish jarayoni boshlandi. Samarqandda tug‘ilgan “Temuriylar Renessansi” Sharq va G‘arb mamlakatlariga qadar tarqaldi. Fan, san’at-madaniyat mayog‘i Eron, Hindiston, Xuroson, Turkiya hududida ham ilm-fanning rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Darhaqiqat, Samarqand – har bir inson umri davomida, albatta, borib ko‘rishi shart bo‘lgan dunyoning ellikta eng mashhur shaharlari qatorida e’tirof etiladi.

YUNESKOning 2001 yil Finlyandiyada o‘tkazilgan 25-sessiyasida Samarqanddagi me’moriy-tarixiy yodgorliklar va boshqa obidalar Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan edi. 

Samarqand bugun ham bu maskan dunyo olimlari, siyosatchilarini jamlab xalqaro doiradagi masalalar mashvaratiga markaz bo‘lib kelmoqda.

Mana chorak asrdirki, Samarqand kuni viloyatda keng nishonlanib kelinadi. Aslida Samarqandda faqat shu sanada bayram nishonlanadi, deyish ayni davrda noo‘rindir. Chunki endi uning bag‘ri hamisha mehmonlarni kutib olish va dunyo ahlini diydorlashtirish maskaniga aylandi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmatidan ma’lum qilinishicha, ayni paytda Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasiga mezbonlik qilayotgan kentda bu yil ham mazkur sanani xorijlik mehmonlar ishtirokida keng nishonlashga katta tayyorgarlik ko‘rilgan.

Abdulaziz Rustamov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo olimlari va siyosatchilarini jamlagan ulug‘vor shahar