Pandemiya tufayli yer yuzidagi global muammolardan boʻlgan qashshoqlik va kambagʻallik dunyo davlatlarini tobora koʻproq tashvishga solmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida xalqaro hamjamiyat eʼtiborini qashshoqlikni tugatish va kambagʻallikka qarshi kurashish masalasiga qaratdi. Shu munosabat bilan ushbu muammoni Bosh Assambleyaning navbatdagi sessiyasi asosiy mavzularidan biri sifatida belgilash hamda ushbu masalalarga bagʻishlangan global sammitni oʻtkazishni taklif etdi.

Xoʻsh, bu jahon hamjamiyati uchun nechogʻli muhim? Kambagʻallikka qarshi kurashish Ming yillik deklaratsiyasi, Addis Abeba harakatlar dasturi, Barqaror rivojlanish maqsadlari kabi xujjatlarda aks etgan.

Nima uchun aynan kambagʻallik? Chunki dunyoda 700 milliondan ziyod odam, yaʼni har oʻntadan bir kishi qashshoqlikda yashaydi. Har toʻqqiztadan bitta odam toʻyib ovqatlanmaydi. Afsuski, 35 foiz ovqat tashlab yuboriladi.

Pandemiya tufayli 220 milliard dollar daromad yoʻqolishi kutilmoqda. Yer yuzidagi aholining 55 foizi ijtimoiy himoyadan uzilib qolishi mumkin.

Bu masala Markaziy Osiyo mintaqasiga ham tegishli. BMT prognoziga koʻra, pandemiya tufayli mintaqamizda 1 million 400 mingdan 2 million 600 ming nafargacha aholi kambagʻallikka tushib qolishi mumkin.

Oʻzbekistonda kambagʻallikni qisqartirishga pandemiyadan oldinroq eʼtibor qaratila boshlagandi. Davlatimiz rahbari 2020-yil 24-yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida kambagʻallikni qisqartirish masalasiga alohida urgʻu bergan edi.

Shu maqsadda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tashkil etilib, yetuk tajribali kadrlar bilan boyitildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Bosh vazir oʻrinbosariga nafaqat moliya-iqtisodiyot masalalari, balki kambagʻallikni kamaytirish boʻyicha vazifalar yuklatildi.

Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha 2030-yilgacha boʻlgan strategiya ishlab chiqildi. Ushbu strategiya Nobel mukofoti sovrindorlari Benerji, Dyuflo va Kremer tadqiqotlari asosida, puxta ilmiy baza asosida ishlab chiqilgan boʻlib, hozirda muvofiqlashtirish jarayonida.

BMTning 2016 va 2018-yillardagi rezolyutsiyasi ham aynan turizm orqali kambagʻallik va qashshoqlikni kamaytirishga qaratilgan. Qaysi hududga sayyoh borsa, albatta mahalliy aholining daromadi koʻpayadi.

Joriy yil Oʻzbekistonda 23 million tonna meva-sabzavot yetishtirilishi rejalashtirilgan. Bu yildan boshlab kam taʼminlangan aholi uchun 63,9 ming tonna kartoshka, sabzi, piyoz va guruch kabi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari zaxiraga olinadi. U qishda va bahorda bepul yetkazib beriladi. Bu ham yurtimizda olib borilayotgan ezgu islohotlardan biridir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi Jahon banki bilan birgalikda “Dinamik ravishda COVID-19 pandemiyasining taʼsiri xavfini jamiyat darajasida aniqlash” mavzusida texnik hisobot tayyorladi. Maqsad – mahalla darajasida pandemiya taʼsirining xavf omillarini aniqlash. Loyiha doirasida COVID-19 xatar indeksi ishlab chiqildi. Bu indeksni tashkil etishdan maqsad mahallalarni xavf guruhlari boʻyicha tasniflashdir.

Indeksni hisoblashda 9 ming 102 ta mahalla pasporti, Jahon banki va Markaziy bank tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalari eʼtiborga olingan.

Bu kabi chora-tadbirlar ijtimoiy-iqtisodiy inqirozga qarshi choralar dasturlarini samarali amalga oshirish, aholi farovonligini taʼminlash imkonini beradi.

Umid OBIDXOʻJAYEV,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasi huzuridagi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar
markazi direktori oʻrinbosari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo mamlakatlari kun tartibidagi dolzarb muammo
Жамият
18:29 / 26:09:2020