Dunyo bo‘ylab stress va xavotir oshmoqda (+video)
Gallup institutining 144 mamlakatda o‘tkazgan “Dunyo hissiy salomatligi holati — 2025” so‘rovnoma hisobotiga ko‘ra, so‘nggi o‘n yillikda xavotir, stress va g‘azab hissi sezilarli oshgan.
2024 yilda kattalarning 39 foizi xavotirlanganini, 37 foizi kuchli stressni boshdan kechirganini bildirgan. Urush va mojarolar ta’siridagi hududlarda bu ko‘rsatkichlar yuqori.
Jismoniy og‘riq – 32 foizga oshgan
Qayg‘u – 26 foiz (o‘zgarishsiz)
G‘azab – 22 foiz (o‘zgarishsiz)
Ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq salbiy hissiyotlarni boshdan kechirgan. Shu bilan birga, ijobiy hislar ham kuzatilgan:
88% odam o‘ziga hurmat bilan munosabatda bo‘linganini,
73% ko‘proq kulganini,
52% yangi narsalarni o‘rganganini aytgan.
Hisobot mualliflari mamlakatlar rahbarlarini iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda fuqarolarning hissiy holatiga ham e’tibor qaratishga chaqirgan. Natijalar Berlindagi Jahon sog‘liqni saqlash sammitida taqdim etilgan.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/45J2rju77jU" title="Dunyo bo`ylab stress va xavotir oshmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA