Dunyo bo‘yicha harbiy xarajatlar oshgani aytilmoqda
Harbiy ehtiyoj uchun xarajatlar 2020 yilda qariyb 2 trillion dollarga ortgan, deb bayonot berdi BMT Bosh Assambleyasining Birinchi qo‘mitasi majlisida bosh kotib o‘rinbosari, qurolsizlanish va xalqaro xavfsizlik masalalari bo‘yicha katta vakil Idzumi Nakamitsu.
"2020 yilda global harbiy xarajatlar 2 trillion AQSH dollarigacha ortdi", - dedi Nakamitsu.