Dubayda koronavirusni aniqlashda itlardan foydalanilmoqda
Dubay hokimiyati aeroportda koronavirusga qarshi kurashga yordam berishi uchun kinolog va itlarni jalb etmoqda, deb xabar tarqatdi “Travel and Leisure”.
Dubay hokimiyati aeroportda koronavirusga qarshi kurashga yordam berishi uchun kinolog va itlarni jalb etmoqda, deb xabar tarqatdi “Travel and Leisure”.
Jonivorlarning vazifasi koronavirusga chalingan yoʻlovchilarni hidlashdan iborat. Tadqiqot paytida itlar virus yuqtirganlarni aniqlash koʻrsatkichi 92 foizni tashkil etdi.
Itning hid bilish qobiliyati insonnikidan bir necha marta kuchli, shu bois ham bomba yoki giyohvand moddani aniqlashda koʻpincha itlarga murojaat qilishadi.
Dubay aeroporti dunyoda birinchi boʻlib koronavirusga qarshi kurashga itlarni jalb etdi. Eʼtiborli jihati shundaki, jonivorlar yoʻlovchiga tegmaydi, masofadan turib ishlaydi.
Dubay iyul oyidan boshlab sayyohlar uchun ochiq, deb eʼlon qilingan. Faqat sayohatchidan COVID-19 yoʻqligi haqida maʼlumotnoma soʻraladi.