Dual ta’lim Germaniya professional ta’lim tizimida keng qo‘llaniladi. Shuningdek, Avstriya, Shveysariya va Janubiy Koreya kabi rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni yanada rivojlantirishda juda katta o‘rin tutmoqda.

Uning o‘quvchilari o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega bo‘lgan o‘rta maktab bitiruvchilaridir.

An’anaviy ta’lim shaklida talabalar institutda nazariy bilimlarni ko‘proq egallab, amaliyot qismini korxona va tashkilotlarda nisbatan kamroq soatlarda o‘taydi.  

Dual ta’lim — talabaga oliy o‘quv yurtida ta’lim olish bilan birga o‘z yo‘nalishiga mos tashkilotda mehnat qilish, malaka oshirish imkoniyatini beruvchi tizim. Bu ta’limda  o‘qishning ko‘p qismi amaliyotda, ya’ni belgilangan bir korxonada o‘tadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda respublikada 689 ta professional ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, ularda 367 ming 293 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda.  

233 ta texnikumda 123 ming 530 nafar o‘quvchi kunduzgi, sirtqi, kechki va dual ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitilmoqda.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, 2024/2025 o‘quv yili uchun 332 ta kasb-hunar maktabiga mahalliy hokimliklar tomonidan hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari asosida mahalliy mehnat bozori ehtiyojlari hamda ish beruvchilarning buyurtmalaridan kelib chiqib bergan takliflari asosida 112 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha 120 ming nafardan ortiq 9-sinf bitiruvchilarini qabul qilish rejalashtirilmoqda.  

Shundan, kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 110 mingta hamda dual ta’lim shakli bo‘yicha 14 mingta qabul rejasi ko‘zda tutilgan.  

Xususan, qabul parametrlarida mehnat bozorining muhandislik ishi, ishlab chiqarish va ishlov berish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish, arxitektura va qurilish kabi sohalari bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar inobatga olingan.  

Kasb-hunar maktablariga 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlari har yili 1-iyuldan 20-iyulga (shu kuni ham) qadar kasb.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.

Kasb va mutaxassislik egallash istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 45 mingdan ortiq o‘rin davlat granti asosida ajratiladi.  

Shu bilan birga, 6 ming 726 ta mahalladagi hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda ishsiz fuqarolarni kollej va texnikumlarga dual ta’lim shaklida o‘qishga jalb qilish maqsadida 2024-yilning aprel-iyun oylari uchun targ‘ibot va tashviqot ishlari reja-grafigi shakllantirildi.  

Tadbirlar doirasida 15 ming nafar ishsiz fuqaroni kollej va texnikumlarga dual ta’lim shaklida o‘qishga jalb qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Qayd etish joizki, bugungi kunda 234 ta professional ta’lim muassasasida 15 ming nafar o‘quvchini dual ta’lim shakli bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Professional ta’lim muassasalari hamda korxona (tashkilot)lar o‘rtasida esa 3 ming 603 ta shartnoma imzolangan bo‘lib, ular tomonidan jami 3 ming  144 nafar mutaxassis biriktirilgan.  

Ish beruvchilar bilan hamkorlikda dual ta’lim qamrovini oshirish maqsadida Buxoro, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida “Dual ta’lim – ishlab chiqarish va ta’lim o‘rtasidagi muvozanat” mavzusida forumlar tashkil etildi.  

Mazkur forumlarda 250 dan ortiq ish beruvchi korxona va tashkilot ishtirok etib, ular bilan 3000 nafar o‘quvchini dual ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilishga kelishildi.

Dual ta’limning afzalligi nimada?

Bu tizimda 3–4 kurs talabalari korxonada o‘rnatilgan eng zamonaviy dastgohlarda ishlashni o‘rganishdan tashqari, mehnat jamoasi bilan yaqindan tanishishi, dual ta’lim bo‘yicha olgan bilimini namoyon qilgan, o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olgan bitiruvchilar korxonaga ishga qabul qilinishida katta imtiyozga ega bo‘lishi, ishga qabul qilinganda mehnat faoliyatiga oson kirishib ketishi mumkin.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ