Mehnat bozorida raqobatbardosh muhandis kadrlar yetishtirishda dual ta’lim tizimining ahamiyati katta. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 20 iyun kuni muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ham dual ta’lim tizimiga o‘tish to‘g‘risida so‘z yuritilgan edi.

Yurtboshimiz yig‘ilishda “Tarmoq – korxona – oliygoh” zanjiri asosida, har bir oliygohga sanoat hamkori belgilab berilishi, barcha muhandislik oliygohlari hamkor korxonalarida kafedralar ochishi, dual ta’limni yo‘lga qo‘yishini ta’kidlagan edi. Bunda korxonalar kafedralarni jihozlash, o‘qituvchi va talabalarni rag‘batlantirishga mablag‘ ajratadi. Talabalarning amaliyoti va bitiruv kursdagi ta’limi to‘liq hamkor korxonalarda tashkil qilinadi.  

Ayni paytda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida bu tajriba yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bu borada qator yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelinmoqda va bevosita ishlab chiqarish sub’ektlarida kafedralar filiallari ochilgan.  

– Universitet negizida yaqinda “Mahalliylashtirish va innovatsion rivojlantirish markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi, – deydi universitet rektori, professor Baxtiyor Mardonov. – “Sanoat ishlab chiqarishlarni mahalliylashtirish” kafedrasi tarkibida ish boshlagan mazkur yangi markaz Navoiy mashinasozlik zavodi hududida tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda dual ta’lim tizimi asosida kadrlar tayyorlanmoqda hamda olimlar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilyapti.  

[gallery-20683]

Yirik o‘quv-tajriba kompleksi – “Mahalliylashtirish va innovatsion rivojlantirish markazi”dan o‘quv va amaliy mashg‘ulot xonalari hamda zamonaviy ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari o‘rin olgan. Shveysariya, Germaniya, Rossiya mamlakatlaridan olib kelingan so‘nggi avlod laboratoriya qurilmalari yordamida universitet talabalari va olimlar import o‘rnini bosuvchi detallarni loyihalash, metallarning fizik-mexanik va kimyoviy tarkibini aniqlash kabi vazifalarni bajarmoqda.    

Shu bilan birga, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ishlab chiqarish va ta’mirlash bazasida, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ hamda Navoiy mashinasozlik zavodi hududidagi universitetning texnoparkida tashkil etilgan kafedra filiallarida amaliy mashg‘ulotlar davom etyapti. Universitetdagi barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida ta’lim olayotgan yoshlarga Dual ta’lim tizimi asosida kasb egallashda ana shunday imkoniyatlar taqdim etilmoqda.  

Davlatimiz rahbarining 2024 yil 16 oktyabrdagi 158-son “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2025 yil 1 yanvardan boshlab yurtimizdagi sanoat texnikumlari va kasb-hunar maktablari oliy ta’lim muassasalari negizida politexnikum sifatida ish boshlaydi. Xususan, universitet qoshida Zarafshon shahri hamda Karmana, Nurota va Uchquduq  tumanlarida 1- va 2-son politexnikumlari, G‘ozg‘on shahar va Konimex tuman politexnikumlari, Navbahor tuman 2-son politexnikumi faoliyat boshlaydi.  

Farmonda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish, o‘quvchilar uchun amaliyot bazalarini tashkil etish, dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash masalalari alohida qayd etilgan. Bugungi kunda mazkur ta’lim muassasalari pedagogik jamoalari bilan uchrashib, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, laboratoriya qurilmalari xarid qilish, universitet professor o‘qituvchilari va politexnikumlar pedagoglari hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilinmoqda.    

– Farmon bilan kasbiy ta’limning barcha darajalari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i yo‘lga qo‘yilayotgani muhim ahamiyatga ega, – deydi Zarafshon sanoat texnikumi direktori Ilyos Temirov. – Endilikda kasblarni faqat nazariy emas, amaliy o‘qitish tizimi ham kengaytiriladi. Qolaversa, politexnikumlar o‘z hududlaridan kelib chiqib, mavjud o‘rta bo‘g‘in kadrlariga ehtiyoj asosida mutaxassislarni aralash kasblar bo‘yicha tayyorlab beradi. Bugungi kunda texnikumimizda 4 ta ta’lim shaklida 700 nafardan ziyod o‘quvchi o‘qitilmoqda. Ularga 40 nafar o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bilim va kasb-hunar o‘rgatmoqda Asosan, konchilik va metallurgiya sohasiga oid 10 ta mutaxassislik bo‘yicha o‘qityapmiz.    

Xullas, dual ta’lim tizimi talabalar hamda o‘quvchilar o‘zlarining nazariy bilimlarini ishlab chiqarish korxonalarida mustahkamlab, amaliy ko‘nikmalar hosil qilishida muhim ahamiyat kasb etadi.  Bu yondashuv nafaqat yosh avlodning professional malakalarini oshirish, balki ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini ham ta’minlaydi.  

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dual ta’lim asosida kadrlar tayyorlash tizimi kengaymoqda