Dover bo‘g‘ozida 242 nafar muxojir qutqarib olindi
Fransiyalik qutqaruvchilar Angliya va Fransiya o‘rtasidagi Pa-de-Kale (Dover bo‘g‘ozi) suvlarida 242 nafar muxojirni qutqarib qoldi, – deb xabar berdi La-Mansh va Shimoliy dengiz prefekturasi vakili.
Prefektura bayonotida aytilishicha, dushanba va seshanba kunlari Dover bo‘g‘ozida qayiqlar qolib ketgan muxojirlarni qutqarish uchun bir necha marta qutqaruv amaliyoti o‘tkazgan.
Ular Kale, Dyunkerk va Bulon-syur-Mer portlariga olib ketilib, politsiya va qutqaruv xizmatiga topshirilgan.
Ma’lumot o‘rnida, noyabr oyi boshida Buyuk Britaniyaga yo‘l olgan kema halokatga uchrab, bir muxojir La-Mansh bo‘yida halok bo‘lgan edi.