Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Qorabayir otlari mahorat maktabida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston uloq-ko‘pkari federatsiyasi hamda viloyat hokimligi hamkorligida jamoaviy xalqaro uloq-ko‘pkari turniri bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning 2021 yil 5 avgustdagi “Surxondaryo viloyatida qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ommalashtirish hamda ot sporti turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlarining oltita jamoasi o‘zaro bahslashdi.  

Turnirning tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov so‘zga chiqib, xorijlik mehmonlar va muxlislarni, chavandozlarni Navro‘zi olam hamda do‘stlik, halollik va abjirlik bayramiga aylangan xalqaro uloq-ko‘pkari musobaqasi bilan tabrikladi. Nufuzli bellashuvlarda eng chaqqon, eng kuchli chavandozlarning halollik va mahorat bilan zot ayirib, ko‘p ming sonli ko‘pkari muxlislariga o‘zgacha quvonch, zavq-shavq ulashishiga katta ishonch bildirdi. Janubdagi vohada ikkinchi marta o‘tkazilayotgan xalqaro turnirning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida fikr yuritib, chavandozlar jamoalarining g‘oliblik shohsupasidan joy olishiga omad tiladi. Uloq-ko‘pkari o‘tmishdan ajdodlarimiz madaniy hayotining ajralmas qismi sifatida to‘yu-tomoshalar va shodiyona kunlarning eng qiziqarli, eng suyukli tomoshalaridan biri bo‘lgan. Zot ayirishda epchillik, halollik va mahorat talab etadigan ko‘pkari ko‘p ming sonli ishqibozlariga o‘zgacha quvonch, faxr ulashgan. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilgan.  

Mutaxassislarning aytishicha, ot bilan do‘st tutinib, sayr qilish, turli o‘yinlar o‘tkazish inson salomatligida muhim o‘rin tutadi. Umurtqa, bosh va gavda muvozanatlarini idora qiladigan a’zolarni davolashga ko‘maklashadi. Zamonaviy ilm-fan aniqlagan bu sir-sinoatdan oqilona foydalanish uchun bizning davrimizda sayyoramizdagi ayrim davlatlar shifoxonalarida maxsus otxonalar tashkil etilgan bo‘lib, bemorning umurtqa, bosh va gavdasidagi kasallikni shu usulda davolash taklif qilinadi. Mintaqamizda azaldan insonni sog‘lom hayotga da’vat etib kelgan ot sporti endilikda nafaqat Osiyo davlatlari, balki sayyoramiz xalqlarining eng suyukli sport o‘yinlaridan biriga aylangan. Prezidentimiz g‘oyasi bilan yilqichilik qayta tiklanib, yurtimizda ot sportini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganida ham ana shunday ezgu maqsad mujassam. Bu jarayonda mamlakatimizning barcha hududlarida chavandozlar maktablari, klub va seksiyalar tashkil etilib, otga mehr qo‘ygan yoshlar keng jalb etilayotir. Shunga muvofiq hozir Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 14 ta chavandozlar maktablari faoliyat yuritmoqda.  

Sohaga qaratilayotgan e’tibor tufayli yurtimizdagi qorabayir zotli va Yevropa sport otlari soni 350 boshga yetdi. Ayni paytda mamlakatimizdagi 249 ta chavandozlar seksiyalarida 4 ming 106 nafar yosh sportchi chavandozlik sirlarini qunt bilan o‘rganmoqda. Ot sportining “Polo”, “Ot yo‘rttirish”, “Jamoaviy uloq ko‘pkari”, “Konkur” turlari bo‘yicha qiziqarli musobaqalar uyushtirish an’anaga aylanmoqda. Milliy gvardiya huzuridagi chavandozlar maktablari o‘rtasida “Qo‘mondon kubogi” uchun uch bosqichli tuman, viloyat va respublika jamoaviy uloq-ko‘pkari bellashuvlari tashkil etilib, g‘oliblar munosib rag‘batlantirilmoqda.  

Yangi O‘zbekistonda yuz berayotgan bunday yangiliklar jarayonida Surxondaryo viloyati tumanlarida ochilgan 14 ta qorabayir otlari seksiyalarida yosh avlod chavandozlarini tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.  

–Sohaga davlat darajasida qaratilayotgan yuksak e’tibor azaldan yilqichilik yaxshi rivojlangan Surxondaryo viloyatida bu tarmoqni qayta tiklashning barcha asoslarini yaratib berdi, – deydi O‘zbekiston Uloq-ko‘pkari federatsiyasi bosh kotibi Ravshan Adhamov. – Xususan, Termiz tumani Yangiobod mahallasi hududidagi 65 gektar maydon bino-inshootlari bilan Milliy gvardiya balansiga o‘tkazilib, Qorabayir otlari mahorat maktabi tashkil etildi. Bu yerda yangi otxonalar qurilib, qorabayir zotli otlarni ko‘paytirish, ot sporti bo‘yicha turli o‘yinlar o‘tkazish uchun barcha qulaylik yaratildi. Qisqa vaqtda amalga oshirilgan bunday ezgu ishlar Surxon vohasini mamlakatimizda yilqichilikni rivojlantirishning ikkinchi yirik maktabiga aylantirmoqda. Ajdodlarimiz yaqin do‘st, ishonchli sherik, deb bilgan qorabayir zotli otlardan foydalanishni ommalashtirib, milliy ot sporti dovrug‘ini dunyoga yanada keng tarannum etishga xizmat qilayotir.  

Turnirning tantanali ochilish marosimi san’atkorlarning qiziqarli konsert dasturi, el suygan baxshilar termalari, harbiy orkestr ijrosidagi musiqalar va chavandozlarning ko‘rgazmali chiqishi bilan yakunlandi. Xalqaro turnir nizomiga ko‘ra, chavandozlar jamoalarining maydonga tushishi qur’a tashlash yo‘li bilan ochiq, oshkora aniqlab olindi. Musobaqa oldidan chavandozlarga jamoaviy bellashuvning tartib-taomillari tushuntirildi. Hakamlar va jamoalar a’zolari tanishtirildi. Bellashuvni Qirg‘iziston va Tojikistonlik chavandozlar jamoalari boshlab berdi.  

– Musobaqa juda murosasiz boshlandi, – deydi Qozog‘iston Respublikasi jamoasi a’zosi Temirlan Seidbekov. – Uloq-ko‘pkari bizda ham yaxshi rivojlangan. Bu o‘yinni xalqimiz sevib tomosha qiladi. Jamoamiz eng mohir chavandozlardan tashkil topgan. Bu bizning maydonda halol o‘ynab, sovrinli o‘rinni egallashimizga ishonch uyg‘otmoqda.  

Xalqaro turnirning 26 mart kuni o‘tkazilgan saralash bosqichi A guruhida Qirg‘iziston va Tojikiston jamoalari o‘rtasidagi o‘yin qirg‘iz chavandozlari g‘alabasi bilan yakunlandi. “O‘zbekiston 1” va Tojikiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda 5:2 hisobi qayd etildi. “O‘zbekiston 1” va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasidagi musobaqada mehmonlarning qo‘li baland keldi. B guruhdagi “O‘zbekiston 2” va Qorabayir otlari mahorat maktabi jamoasi o‘yini durang natija bilan tugadi. Qozog‘iston terma jamoasi “O‘zbekiston 2” va Qorabayir otlari mahorat maktabi jamoalari bilan o‘tkazgan o‘yinlarida ham g‘oliblikni qo‘ldan bermadi.  

Musobaqaning yarim final bahsida “O‘zbekiston 1” va Qorabayir otlari mahorat maktabi jamoalari qiziqarli o‘yin ko‘rsatib, uchinchi o‘rin uchun bellashdi. Final o‘yinida Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlari jamoalarining birinchi o‘rin uchun bellashuvi yanada qizg‘in va murosasiz kechdi. Xalqlarimiz o‘rtasidagi azaliy do‘stlik, yaqin qo‘shnichilik, hamjihatlik kabi yuksak fazilatlar tarannum etilgan musobaqada Qozog‘iston Respublikasi terma jamoasi birinchi, qirg‘izistonliklar ikkinchi, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabi chavandozlari uchinchi o‘rinni egalladi.  

– Musobaqa ajdodlarimiz an’anasi asosida halol va murosasiz o‘tdi, – deydi Qozog‘iston Respublikasi terma jamoasi a’zosi. – O‘zbekistonda yilqichilik yaxshi rivojlanayotganiga guvoh bo‘ldik. Qorabayir otlarning ko‘paytirilayotgani quvonarli, albatta. Bu zotli ot juda kuchli. Biroq, chavandozlarda hali yetarli tajriba, mahorat yetishmagani sezildi. Shu bois ayrim yaxshi imkoniyatlar qo‘ldan boy berildi. Alpomishlar yurtidagi nufuzli turnirda barcha jamoalardan ustun kelib, g‘olib bo‘lganimizdan baxtiyormiz. Hozir ana shu yutuq hayajonidaman. Ushbu turnirda ishtirok etgan barcha chavandozlar va ko‘pkari shinavandalarini mamlakatimizda o‘tadigan bellashuvlarga taklif etamiz.  

G‘olib va sovrindorlar diplom, kubok va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Xalqaro turnir do‘stlik, qardoshlik, milliy qadriyat va an’analarimiz namoyish etilgan olomon uloq-ko‘pkari musobaqasi hamda qiziqarli konsert dasturi bilan yakunlandi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov,  

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Do‘stlik, halollik va abjirlik namoyishi