Sadriddin Ayniy nomidagi Adabiyot jamg‘armasi tojik diplomati Muhammad Egamzod va xitoylik publitsist Ge Chjilining “Do‘stlar: Emomali Rahmon va Si Szinpin” kitobini chop etdi. Bu haqda “Xovar” xabar bergan.

Ramziy nom bilan nashr qilingan bu asar Tojikiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikning ishonchli poydevorini yaratayotgan ikki ko‘zga ko‘ringan zamonaviy yetakchi o‘rtasidagi qalin do‘stlikka bag‘ishlangan.

Tojik tilida nashr etilgan kitob mualliflari ayni payt matnni xitoy va rus tillariga o‘girish bo‘ycha ish olib borishyapti.

Hozir Tojikistonning Ukrainadagi elchixonasida maslahatchi lavozimida faoliyat yuritayotgan Muhammad Egamzod ushbu asar sakkiz yillik mashaqqatli mehnat samarasi ekanini ta’kidladi. Ijodkorlar XXI  asrning ikki atoqli davlat arbobi — Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning siyosiy yo‘li va muvaffaqiyatlarini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida qalam tebratgan.

Ge Chjili uslub va mazmun uzviy uyg‘unlashgan mazkur nashrning alohida ahamiyati va o‘ziga xosligiga to‘xtalarkan, mualliflar mazmunni kitobxonga nafis va tushunarli tilda taqdim etishdek murakkab vazifani o‘ta mas’uliyat va ilhom bilan bajarishga harakat qilganini aytdi.

M.Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Do‘stlar: Emomali Rahmon va Si Szinpin” nomli yangi kitob nashr etildi