Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, aholi va davolash muassasalarini sifatli, xavfsiz va arzon dori-darmon vositalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod farmatsevtika korxonasi faoliyat ko‘rsatib, ular tomonidan 2 mingdan ortiq turdagi dori-darmon vositalari ishlab chiqarilmoqda. Samarqand viloyatida shu yo‘nalishdagi o‘nga yaqin korxona ishlab turibdi. Davlat o‘rmon xo‘jaliklarida dorivor o‘simliklar yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Bu mahsulotlardan tayyorlanayotgan 11 turdagi dori vositasi davlat reyestridan o‘tkazilib, iste’molchilarga yetkazib berilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 31-oktabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytarish, xalqimizni arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash darajasini oshirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

– Mazkur qarorning qabul qilinishi keyingi paytda dori-darmon vositalari narxining asossiz oshib borayotgani, bir xil dorining dorixonalarda turli narxlarda sotilishi hamda mahalliy dori vositalari o‘rniga xorijda ishlab chiqarilganlarini qo‘llash kabi holatlarning oldini olishda muhim omil bo‘lmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi N.Xolmurodov. – Ushbu hujjatda 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab chetdan olib kelinadigan, mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish, ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat’i nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilishi belgilandi. Ijtimoiy ahamiyatga molik dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari belgilangan narxlarda sotiladi. Qarorga binoan tashkil etilgan davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni tizimli asosda nazorat qilish respublika komissiyasi vakillari Samarqand viloyatidagi 600 dan ziyod ijtimoiy va xususiy dorixonalar faoliyatini o‘rganib, soha xodimlariga zarur tavsiyalar bermoqda. Barcha dorixonalarda bo‘lishi majburiy bo‘lgan 76 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda shifokor retseptisiz beriladigan 1033 turdagi dori-darmon vositalari ro‘yxati dorixonalarning xaridorga qulay va ko‘rinarli joyiga ilib qo‘yilmoqda. Tibbiyot xodimlari va dorixonalar mas’ullari uchun amaliy seminarlar tashkil etilib, qaror mohiyati, unda belgilangan vazifalar tushuntirilmoqda.

“Samarqand dori-darmon” aksiyadorlik jamiyati viloyatdagi shifoxona va dorixonalarni mahalliy dori-darmon va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash choralarini ko‘rmoqda. Joylardagi davolash muassasalarining ehtiyoji o‘rganilib, yil davomida ularga uzluksiz dori vositalari yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolanmoqda.

– Bugungi kunda dorixonalarimizda 76 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda shifokor retseptisiz beriladigan 1033 turdagi dori-darmon vositalari ro‘yxati ko‘rinarli joylarga o‘rnatilgan, – deydi Samarqand shahridagi “Farmatsevt” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi o‘rinbosari F.Amirov. – Xaridorlar dorilarga qo‘yilgan yangi narxlar, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bularning barchasi xalqimizni sifatli dori-darmon bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Ta’kidlash lozimki, aholini arzon va sifatli, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan dori vositalari bilan ta’minlashda viloyatning 13 tumanida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan ijtimoiy dorixonalarning o‘rni katta bo‘lmoqda. Ushbu dorixonalarning barchasida fitobarlar tashkil etilgan bo‘lib, o‘nlab dorivor o‘simliklardan tayyorlangan damlamalar aholiga taklif etilmoqda. Joriy yilda mazkur dorixonalar tarmog‘ini kengaytirish hamda ularda sotilayotgan dori-darmon vositalari turini yanada ko‘paytirish rejalashtirilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dori arzon va sifatli bo‘lishi zarur