Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining Ekinlarni parvarish va himoya qilishni mexanizatsiyalash laboratoriyasida g‘o‘za qator oralariga kompleks ishlov berib, donni qatorlab ekadigan FDE-3,6 kombinatsiyalashgan agregat ishlab chiqildi.

Bu haqda Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi matbuot xizmati O‘zAga ma’lum qildi.

Mamlakatimizda boshoqli don ekinlari hosildorligini oshirish, yuqori sifatli urug‘lik materiallarini tayyorlash, agrotexnologiyaning ilg‘or usullarini qo‘llash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Boshoqli don ekinlarini parvarishlash bo‘yicha belgilangan agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatida o‘tkazish hisobiga kafolatlangan hosil olinishini ta’minlash, yer maydonlaridan samarali foydalanish va yuqori hosildorlikka erishishda fermer xo‘jaliklariga qulaylik yaratish muhim ahamiyatga ega.

Ushbu agregatga “G‘o‘za qator oralariga g‘alla ekuvchi agregat” patenti olindi. Yangi texnika 2015 yilda o‘tkazilgan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar VIII Respublika yarmarkasida “Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi innovatsion ishlanma” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topilgan edi. O‘tgan vaqt davomida olimlar tomonidan ushbu agregat takomillashtirilib, amaliyotda sinovdan o‘tkazildi.

Kombinatsiyalashgan agregatning bir qator afzalligi bor. Uni qo‘llash orqali g‘o‘za qator oralariga kompleks ishlov berish, donni qatorlab va bir xil chuqurlikka ekish mumkin. Shuning hisobiga urug‘lik, yonilg‘i sarfi va boshqa harajatlar kamayib, hosildorlik ortishi ta’minlanadi.

Hozirgi kunda “Agregat zavodi” AJ bilan seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik ishlari olib borilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Donni qatorlab ekuvchi yangi agregat yaratildi
Жамият
12:13 / 23:09:2019