Yurtimizda g‘alla parvarishlash uchun mavjud unumdor yer va qulay iqlim rizqi butun xalqimiz nasibasi. Dehqonlarimizning betinim, oqilona mehnati elimizning tinch, to‘kin hayotga shukronalik ifodasi. Zero, ulug‘ bobomiz Navoiy hazratlari aytganlaridek, dehqonki dona sochar, elga rizq yo‘lin ochar.

Surxondaryo viloyati g‘allakorlari ham kelgusi yil hosili uchun ezgu niyatlar bilan sifatli shudgorlangan maydonlarga don sepdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat g‘allakorlari joriy yil kuz faslida 90 ming 672 gektar maydonga voha iqlimiga mos, ertapishar “Alekseyevich”, “Antonika”, “Grom”, “Bunyodkor”, “Hisorak” singari boshoqli don urug‘ini qadadi. Shuningdek, qariyb 4, 5 ming gektar maydonga yangi “Ahmad”, “Bezostaya-100”, “Graf2, “Temir yazevka”, “Turon” navlarini ekdi. Hozirgacha 87 ming 700 gektar maydondagi g‘alla maysalari bir tekis undirib olindi. Ko‘kka bo‘y cho‘zayotgan maysazorlarning 90 ming 180 gektariga birinchi suv berildi. 39 ming 722 gektariga ikkinchi suv taraldi. 66 ming 820 gektardan ortiq maydon azotli o‘g‘it bilan oziqlantirildi. 

Mamlakatimizda keyingi yillarda g‘allachilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, boshoqli don yetishtiruvchi fermer va klasterlarning moddiy manfaatdorligi oshirilgani, g‘allani davlat tomonidan sotib olish va sotishda bozor narxlariga o‘tilgani hosildorlikni oshirishga qiziqishni rag‘batlantirdi. Davlat don korxonalarida don yetishtiruvchiga ham, qayta ishlovchi korxonalarga ham moddiy manfaat keltirmagan eskicha tizim yangilandi. Narx-navo barqarorligiga erishish uchun sohada to‘liq bozor mexanizmlari joriy etilib, fermer va klasterlar o‘zi yig‘ib olgan donni o‘zi birja savdolariga chiqarmoqda. Lo‘nda qilib aytganda, mamlakatda boshoqli don bozori yaratildi. Sohadagi bu o‘zgarishlar so‘nggi yillarda jahon bozorlarida oziq-ovqat narxlari oshayotgan bir paytda mamlakatimiz g‘allachiligida donimiz mo‘l, nonimiz arzon bo‘lishini ta’minlashga xizmat qila boshladi. Jumladan, janubdagi vohada bundan sakkiz yil avval g‘alladan gektariga o‘rtacha 51,5 sentnerdan hosil olingan bo‘lsa, yakunlanayotgan yilda bu ko‘rsatgich 91 sentnerga yetdi. G‘allakorlar 818 ming tonna sara don yig‘ib oldi. Yoki sakkiz yilda boshoqli don yetishtirish 39,5 sentnerga o‘sdi. Xususan, 524 ta fermer 75 sentnerdan, 940 tasi 85 sentnerdan, 251 ta fermer 100 sentnerdan yuqori hosil oldi. Mirishkor g‘allakorlar kelgusi yil hosildorlikni yanada oshirish uchun kuz faslidan mavjud agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli o‘tkazishga e’tiborni kuchaytirmoqda.

Viloyatning Sho‘rchi tumani g‘allakorlari 6 ming 577 gektar maydonda boshoqli don parvarishlaydi. Shu paytgacha 6 ming 380 gektar maydondagi g‘alla maysalari bir tekis undirib olindi. Dalalarni ikkinchi sug‘orish yumushi boshlandi. 5 ming 262 gektar maydon azotli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirildi. 

Tumandagi “Norqobilov Shokir chorvasi” fermer xo‘jaligi ham g‘allachilikda boy tajriba to‘plagan. Boshoqli dondan mo‘l hosil yetishtirishning hadisini olgan. 

– Don – dasturxonlarimiz fayzi, – deydi fermer xo‘jaligi rahbari S.Xurramov. – To‘kin va obod turmushimiz belgisi. Kelgusi yil hosili uchun erta kuzda 54,6 gektar sifatli shudgorlangan maydonga baraka urug‘i sepib, bir tekis undirib oldik. Maydonlarni yashillikka burkagan maysalarni me’yorida azotli mineral o‘g‘it bilan oziqlantirdik. Ikki marta qondirib sug‘ordik. Shivalab yoqqan yomg‘ir ham maysalarning rivojlanish fazasini tezlashtirdi. Maysalarning bir tekis rivojlanayotgani kelgusi yil ham donimiz mo‘l, nonimiz yanada arzon, dasturxonlarimiz serfayz bo‘lishidan darak bermoqda.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Donimiz mo‘l, nonimiz arzon, dasturxonlarimiz serfayz bo‘ladi