Donald Tramp: “bu galgi uchrashuv joyi Singapur emas”
Donald Trampning soʻzlariga koʻra, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan uchrashuv yaqin kunlarda boʻlib oʻtadi. “Ammo bu galgi uchrashuv joyi Singapur emas“, degan Qoʻshma Shtatlar Prezidenti.
Donald Trampning soʻzlariga koʻra, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan uchrashuv yaqin kunlarda boʻlib oʻtadi. “Ammo bu galgi uchrashuv joyi Singapur emas“, degan Qoʻshma Shtatlar Prezidenti.Shuningdek, Donald Tramp Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje In bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Kim Chen Inni “juda ochiq koʻngil va samimiy inson”, deya taʼriflagan.
Oʻtgan haftada Mun Chje In bilan Kim Chen In oʻrtasida yangi tinchlik shartnomasi imzolangan edi.