Ayni kunlarda mamlakatimizda jazirama yozning chilla davri hukm surmoqda. Bu damda oromgohlar bolajonlar bilan fayzli va zavqli bo‘ladi.

Unutilmas xotiralarga boy, mazmunli dam olish davri sanalgan yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazish maqsadida Namangan viloyatidagi mavjud to‘qqizta oromgohda hozirgi kunda davom etayotgan uchinchi mavsumda 1 ming 416 nafar bola hordiq chiqarmoqda.   

Jumladan, Kosonsoy tumanining tog‘-adirliklari yon bag‘irda joylashgan, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Bolalarning dam olishi va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti Namangan viloyati boshqarmasi tasarrufidagi “Sohil” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida hozirgi kunda 160 nafar bola besh guruhga bo‘lingan holda dam olmoqda.

Departamentning viloyat boshqarmasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat kengashi hamda viloyat hokimligi axborot xizmati hamkorligida tashkil etilgan press-turda markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar oromgohda “Dolzarb 90 kun” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, dam oluvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

– Uchqo‘rg‘ondan keldim, oromgohda birinchi marotaba dam olyapman, taassurotlarim katta, – deydi quvonch bilan tumandagi 36-maktabni 7-sinfini tugatgan Surayyo Abdullayeva. – Har bir kunimiz qiziqarli va zavqli o‘tmoqda. Tadbirlar bir-birini takrorlamaydi. To‘rt mahal issiq ovqat, shinam yotoqxona, ajoyib kutubxona, suv havzasi, barchasi birdek yoqmoqda. Ayniqsa, oromgoh hovlisidagi “kubik-rubik” o‘yini o‘ziga rom etmoqda. Buni o‘ynaganingiz sari fikrlashingiz teranlashadi, aqlingiz charxlanadi. 

Oromgohda “Yangi O‘zbekiston oromgohlarida 12 kun” dasturi asosida har bir bolaning ko‘ngilli va mazmunli hordiq chiqarishi maqsadida turli xil quvnoq o‘yinlar, madaniy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Qolaversa, ko‘ngilochar sahna ko‘rinishlari, oromgohga yaqin manzillar bo‘ylab sayohatlar ham ma’qul kelmoqda. Malakali ustoz muallimlar tomonidan olib borilayotgan ingliz va rus tillari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari hamda bir qator to‘garaklarda bolajonlarning bo‘sh vaqtini unumli tashkil etishga xizmat qilmoqda. Ishlab chiqilgan kunlik tadbirlar rejasi asosida, konsert dasturlari, “Zakovat”, “Quvnoq startlar” sog‘lomlashtirish o‘yinlari, “Men sevgan ertak qahramoni” rasmlar tanlovi, “Bilimdon tadqiqotchilar” singari madaniy kechalar uyushtirilmoqda.

– Bugungi kunda viloyatimizdagi sog‘lomlashtirish oromgohlarida barcha shart-sharoitlar yuksak saviyada tashkil etilgan. Ertamiz egalarini yozgi dam olishlarini ko‘ngildagidek o‘tkazishlari uchun alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish Departamenti Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Azamat Boboxonov. – Joriy yil yoz mavsumida oromgohlarga jami beshta mavsum davomida 6 ming 520 nafar yosh qamrab olinadi. Boshqarma tasarrufidagi barcha yozgi dam olish maskanlari qayta jihozlanib, bolalarga mo‘ljallangan yotoqxona, shinam oshxona, kompyuter xonasi, basseyn, kichik futbol maydoni hamda 20 mingdan ziyod kitob fondiga ega bo‘lgan kutubxonalar o‘g‘il-qizlarimizga beminnat xizmat qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, hozirda Chust tumanidagi “Mehrjon” va “Obi hayot”, Norin tumanidagi “Norin”, Pop tumanidagi “Binafsha”, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Nanay” va “Zarkent”, Uychi tumanidagi “Umid nihollari” bolalar oromgohlarida ham hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bolalarning salomatligi, xavfsizligi yuzasidan barcha zaruriy chora-tadbirlar ko‘rilgan.

[gallery-24378]

Viloyatning so‘lim maskanlaridan biri sanalgan Pop tumanidagi Chodak qishlog‘ida joylashgan “Oftobcha” bolalar dam olish oromgohida esa ayni paytda keng ko‘lamdagi qurilish va qayta ta’mirlash  ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunga kelib ushbu maskanda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kapital qurilish boshqarmasining “Kasaba loyiha” buyurtmasiga asosan bunyodkorlik ishlari qizg‘in pallaga kirgan. Har bir mavsumda ikki yuzdan ziyod bolajonlarni o‘z bag‘irga oladigan “Oftobcha” kelgusida tashrif buyuruvchilarga “zarrin nurlar”ni sochishda davom etadi, albatta.

Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Dolzarb 90 kun”: bolajonlarning yozgi ta’tili maroqli o‘tmoqda