Dollar kursi nega oshib ketmoqda?
Bu savolga AOKAda oʻtkazilgan brifingda Markaziy bank departamenti direktor oʻrinbosari Akmal Nazarov javob berdi:
Bu savolga AOKAda oʻtkazilgan brifingda Markaziy bank departamenti direktor oʻrinbosari Akmal Nazarov javob berdi:
“Milliy valyuta kursining oʻzgarishi talab va taklifning ichki va tashqi omillari taʼsirida, birinchi navbatda, joriy operatsiyalar hisobvaragʻi oʻzgarishi asosida shakllanadi.
Soʻnggi oylarda asosiy tashqi savdo hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli darajada qadrsizlanishi hamda koronavirus pandemiyasiga qarshi koʻrilayotgan choralar natijasida transchegaraviy pul oʻtkazmalarning maʼlum bir darajada pasayishi kuzatilmoqda.
Ushbu omillar taʼsirida ichki valyuta bozorida aprel oyida soʻmning xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kursi tebranuvchanligining oshishi va maʼlum darajada qadrsizlanishi kuzatildi.
Markaziy bank soʻm almashuv kursining keskin qadrsizlanishi ehtimolini past darajada baholamoqda. Dastlabki prognozlarga koʻra, qisqa muddatli davrda soʻm almashuv kursi maʼlum bir kichik oʻzgarishlardan keyin oʻzining fundamental trendiga yaqin darajada shakllanadi”.
Markaziy bank tijorat banklari kassalarida konverciya operatsiyalarini amalga oshirish uchun yetarli miqdorda naqd xorijiy valyuta mavjud va barcha banknotalar dezinfeksiya qilinmoqda. Banklarning ayirboshlash shoxobchalari odatdagi rejimda ishlamoqda va naqd xorijiy valyutani sotish va sotib olish boʻyicha hech qanday cheklov va toʻsiqlar oʻrnatilmagan.