Doku Eronga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi
U Belgiya terma jamoasi qarorgohiga kuchli shamollash bilan yetib kelgan.
Jeremi Doku JCH–2026 guruh bosqichining ikkinchi turida Eron terma jamoasiga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.
Sporza nashri xabariga ko‘ra, 24 yoshli vingerda nafas yo‘llari infeksiyasi qaytalangan. Futbolchi so‘nggi haftalarda ham nafas olish bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekayotgan edi. U Belgiya terma jamoasi qarorgohiga kuchli shamollash bilan yetib kelgan.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, shanba kuni Dokuning ahvoli yomonlashgan. Shundan so‘ng terma jamoa tibbiy shtabi bilan maslahatlashib, futbolchini Eronga qarshi o‘yinda maydonga tushirmaslik va antibiotiklar bilan davolash kursini boshlashga qaror qilingan.
Belgiya milliy terma jamoasi hamda Eron milliy terma jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 21-iyun kuni AQShning SoFi Stadium stadionida bo‘lib o‘tadi.