"Dok-1 Maks" ishi bo‘yicha yangi ma’lumotlar tasdiqlandi
Bugun, 10 yanvar kuni davom etayotgan 65 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgani aytilgan "Dok-1 Maks" ishining navbatdagi sudida 68 nafar bola vafot etgani rasman tasdiqlandi.
Ushbu siropdan 16 nafar bola og‘ir, 2 nafari esa yengil tan jarohati olgan. Bu haqda O‘zA muxbiri xabar bermoqda.
Shuningdek, 23 nafar sudlanuvchining shaxsiga aniqlik kiritilib, huquq va majburiyatlari o‘qib eshittirildi.