Ana shu satrlar bilan boshlanuvchi mashhur qoʻshiq sadolari ostida Andijon viloyati Paxtaobod tumanida oʻtkazilgan Doʻppi sayli tadbiri tuman markazidagi bosh koʻchada milliy libos va doʻppi kiygan minglab yigit-qizlarning ommaviy yurishi bilan boshlandi.

Barhayot anʼanalar

Tuman hokimligi, tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan sayil doirasidagi tadbirlar tuman markaziy madaniyat va istirohat bogʻida davom etdi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchi, umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari, uyushmagan yoshlar vakillari ishtirokida milliy qadriyat va anʼanalarimizni mazmunan boyitish, ularni aholi, ayniqsa, yoshlar ongiga chuqur singdirish, milliy liboslarimiz, xususan, doʻppini keng targʻib etish, yoshlarda milliy liboslarimizga hurmat tuygʻusini kuchaytirish, ularning kiyinish madaniyatini yuksaltirish hamda doʻppidoʻzlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkazilgan ushbu tadbir xalq sayliga aylanib ketdi.

– Insonning libosi uning ichki dunyosini, odob-axloqini koʻrsatadi, – deydi Paxtaobod tumani hokimi oʻrinbosari, tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Oydinoy Hayitaliyeva. – Milliy liboslarimiz esa qadriyatlarimizni anglashga xizmat qiladi. Afsuski, keyingi yillarda yurtimizga kirib kelayotgan “ommaviy madaniyat” koʻrinishlari taʼsirida, ayniqsa, yoshlarimiz orasida milliy liboslarimizga, xususan, doʻppiga boʻlgan munosabat biroz susayganday boʻldi. Lekin, xalqimiz oʻzining qadim tarixi, oʻlmas anʼana va qadriyatlarini aslo unutmaydi. Shu maʼnoda milliy bosh kiyimimizni eʼzozlab, boshimizdan qoʻymay kiysak, farzandlarimiz ongiga liboslar bilan bogʻliq milliy urf-odat va anʼanalarimizni singdirib borsak, milliy maʼnaviyat va oʻzligimizning tobora chuqur ildiz otishiga hissa qoʻshgan boʻlamiz.

Sayilda chevar, dizayner va doʻppidoʻzlar tomonidan tayyorlangan milliy liboslar, doʻppilar, yosh musavvirlarning ijod namunalaridan koʻrgazmalar tashkil etildi. Shuningdek, taʼlim muassasalari, mahallalarning “Doʻppi – milliyligimiz ramzi” mavzusidagi taqdimotlari oʻtkazildi.

Keksa momolarimiz, doʻppidoʻz hunarmandlar ishtirokidagi suhbatlar yoshlarning doʻppi haqidagi bilim va tushunchalarini yanada boyitdi.

Momolarning aytishicha, doʻppiga tikilgan gullar ham oʻziga xos maʼnoni anglatar ekan. Doʻppining tepa qismidagi toʻrtta gul erkaklar salomatligini toʻrt tomondan himoyalab turishini, chetlaridagi oʻn olti gul esa bosh kiyim sohibining serfarzand va oilasining ahil boʻlishi tilagini anglatadi. Xotin-qizlar doʻppilaridagi pat bogʻlami, qushlar tasviri oqilalik ramzi sanaladi. “Bodom“ bezagi esa hayot va unumdorlik timsoli, “Ilon izi“ naqshi esa turli balolardan asrovchi tumor sifatida eʼzozlangan.

Badiiy jamoalar, sanʼatkorlar tomonidan namoyish etilgan dastur, yoshlarning sahna koʻrinishlari, ijro etilgan sheʼrlar, raqslar orqali milliy urf-odatlarimiz, liboslarimiz, doʻppi keng targʻib etildi.

Yakunda tadbirning faol ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan munosib ragʻbatlantirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Doʻppi tikdim ipaklari tillodan
Жамият
21:47 / 30:09:2019