Shu kunlarda Belarus Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Nataliya Filippova boshchiligidagi delegatsiyasi O‘zbekistonda ishchi tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Safardan ko‘zlangan maqsad tizimda elektron hujjat almashinuvi yo‘lga qo‘yilishi, sohani raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishish va tajriba almashishdan iborat. Shu bilan birga FHDYO organlari va notarius tizimi faoliyatini raqamlashtirish, kompozit va proaktiv davlat xizmatini joriy qilish borasidagi ishlarni o‘rganish.  

Delegatsiya vakillari tashrif doirasida Adliya vazirligi faoliyati bilan batafsil tanishdi.  

Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatiga olish tizimining takomillashtirilishi hamda “Litsenziya” axborot tizimida litsenziya, ruxsatnoma va xabardor qilish tartibidagi davlat xizmati orqali tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyat, xorijiy fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga xorijiy konsulliklar orqali ko‘rsatilayotgan xizmat, axborot xavfsizligi sohasida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi, ayni yo‘nalishlardagi milliy tajriba o‘rganildi.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/lHgzgxTTqT8" title="Dimitriy DROZD: O‘zbekiston adliya tizimi tajribasini o‘rganamiz" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Mehmonlar Chilonzor tumani davlat xizmatlari markazida ham bo‘lib tizimni raqamlashtirishga doir joriy holat bilan tanishdi. Shuningdek, inson resursini boshqarish, huquqiy targ‘ibot sohasidagi tajriba ham o‘rtoqlashildi.  

Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, O‘zbekiston va Belarus Adliya vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik 2021 yil 19 mayda Moskva shahrida imzolangan bitimga asosan boshlangan. Bu galgi ikki tomonlama uchrashuvda mehmonlar uchun ishga qabul qilish, xodimlar mehnat faoliyati jarayonini raqamlashtirish borasidagi ishlar aks etgan taqdimot namoyish etildi.  

– O‘zbekiston adliya tizimini raqamlashtirishda erishilgan yutuqlarni yuqori baholayman. Biz ushbu tajribani mamlakatimizda qo‘llashni maqsad qilganmiz, – dedi Belarus Respublikasi Adliya vazirligi Kadrlar siyosati va mafkuraviy ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Dmitriy Drozd. – Hozir sohaga oid Markaziy Osiyo davlatlari tajribasini o‘rganib, tahlil qilyapmiz. Qayd etish joiz, mamlakatingiz kadrlar masalasida ancha ildamlagan. To‘g‘ri, hali har ikki davlat adliya tizimida qilinishi lozim bo‘lgan ish ko‘p. Bu borada asosiy e’tiborni raqamlashtirishga qaratish zarur, chunki bu davr talabi. Ayniqsa, O‘zbekistonda joriy etilgan ishga qabul qilish amaliyoti bizga juda ma’qul keldi. Umuman, bu yerda har bir kunimiz qiziqarli, foydali uchrashuvlarga boy o‘tyapti. Juda ko‘p narsani o‘rgandik. Taklif sifatida xodimlar mehnat faoliyati davomida ijtimoiy himoyani kuchaytirish,shaxsga doir ma’lumotlar himoyasini, xavfsizlik masalasini yanada rivojlantirish kerakligini aytgan bo‘lardim.  

Go‘zal Sattorova, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dmitriy DROZD: O‘zbekiston adliya tizimi tajribasini o‘rganamiz (+video)