Djulibekov Nurmat Karshibekovichning iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solish metodologiyasini takomillashtirish” mavzusida
Djulibekov Nurmat Karshibekovichning 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solish metodologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.I.23.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 7-may kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100066, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy.
Tel.: (99871) 239-01-49, faks: (99871) 239-41-23
e-mail: tdiu@tsue.uz