Diyora Keldiyorova yana tatamida
Mahoratli dzyudochimiz Diyora Keldiyorova ma’lum vaqt tanaffusdan so‘ng yana professional sportdagi faoliyatini davom ettirmoqda.
Qozog‘istonning Aktau shahrida dzyudo bo‘yicha “Aktau Asian Open - 2026” turniri boshlandi. Musobaqada 7 davlatdan jami 182 nafar dzyudochi medallar uchun raqobatlashadi. Quvonarlisi, ular orasida mamlakatimizning 25 nafar dzyudochisi bor.
Mazkur musobaqaning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, “Parij-2024” Olimpiadasi g‘olibi Diyora Keldiyorova qariyb 2 yarim yillik tanaffusdan so‘ng yana tatamiga chiqadi. Diyora bahslarni tillarang yozuvli kimonoda o‘tkazadi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, Diyora Keldiyorova ikkinchi bosqichda qozog‘istonlik Nuraylim Sarsenbek bilan kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA