Diyora Keldiyorova Xorvatiyada boş sovrinni közlamoqda
Xorvatiya poytaxti Zagreb şahrida dzyudo böyiça Gran-pri turkumiga kiruvçi xalqaro turnirga start berildi
Musobaqada 66 davlatdan 462 nafar dzyudoçi iştirok etadi. Ular medallar bilan birga 2028-yilgi Olimpiya öyinlari uçun muhim reyting oçkolarini ham qölga kiritişga harakat qiladi. Quvonarlisi, Özbekiston terma jamoasi musobaqada beş nafar sportçi bilan iştirok etadi.
Qurʼa natijalariga köra, 13-noyabr kuni -52 kilogramm vazn toifasida Diyora Keldiyorova qozoğistonlik Arujan Yerejepovaga qarşi bahs olib boradi. -66 kilogramm vaznda Azizbek Ortiqovning birinçi raqibi esa livanlik Felipe Dakruz va marokaşlik Abderahmon Bouşita örtasidagi bellaşuv ğolibi böladi.
14-noyabr kuni -81 kilogrammda Arslonbek Tojiyev avstriyalik Magamed Borçaşvili bilan kuç sinaşadi. Uşbu vazn toifasidagi yana bir vakilimiz Murodjon Yöldoşev esa Xitoy Taypeyi sportçisi Samuel Daniel Olayyaga qarşi tatamiga çiqadi. 15-noyabr kuni -90 kilogramm vazn toifasida Davlat Bobonov xorvatiyalik Dominik Druzetaga qarşi bahs olib boradi.
Xalqaro dzyudo federatsiyasi eʼlon qilgan musobaqa dasturiga muvofiq,13-noyabr kuni erkaklar örtasida -60 va -66 kilogramm, ayollar örtasida esa -48, -52 va -57 kilogramm vazn toifalarida bellaşuvlar ötkaziladi. 14-noyabr kuni erkaklar -73 va -81 kilogramm, ayollar -63 va -70 kilogramm vazn toifalarida tatamiga çiqadi. 15-noyabr kuni esa erkaklar -90, -100 va +100 kilogramm, ayollar -78 va +78 kilogramm vazn toifalarida ğoliblik uçun kuraş olib boradi. Uşbu bellaşuvlar Toşkent vaqti bilan soat 13:45 va 21:00 da boşlanadi.
Javohir Toşxöjayev, ÖzA