Dzyudo bo‘yicha jahon chempioni, "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Diyora Keldiyorova Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Atletlar komissiyasi a’zoligiga saylandi.

Ma’lumki, joriy yilning 13-19 iyun kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida kattalar o‘rtasida o‘tgan jahon chempionati doirasida Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Atletlar komissiyasi a’zoligi uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qilgan edi.

Turli qit’alardan 20 nafar dzyudochi nomzodi mazkur komissiyaga a’zolik uchun ilgari surildi. Ularning 5 nafari qit’aviy dzyudo konfederatsiyalari tomonidan, 4 nafari IJF Ijroiya qo‘mitasi tomonidan taklif etilgan.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, ular orasidan 9 nafari Xalqaro dzyudo federatsiyasi Atletlar komissiyasi a’zoligiga loyiq ko‘rildi. Janubiy Afrika Respublikasi, Yaponiya, Italiya, Avstraliya, Kuba, Kosovo, Chexiya, Ozarbayjon vakillari orasida O‘zbekiston nomidan hamyurtimiz Diyora Keldiyorovaning borligi e’tiborli.

IJF Atletlar komissiyasi a’zolari yangi yozgi Olimpiya o‘yinlari davri sanalgan 2025–2029 yillar davomida ish olib boradi.

Yaqin kunlarda ular orasidan IJF Atletlar komissiyasi raisi saylanadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Diyora Keldiyorova IJF Atletlar komissiyasi a’zoligiga saylandi