Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan dunyodagi eng yirik loyihalardan biri 3-Mis boyitish fabrikasi ishga tushganda yiliga 1 million tonna mis konsentrati ishlab chiqiladi. Ushbu konsentratdan mis va boshqa qimmatbaho metallarni ajratib olish, ulardan turli xil qotishma hamda sof metallar ishlab chiqarish uchun Yangi metallurgiya obyektlarini barpo etishni taqozo etadi.

Yangi metallurgiya majmuasini qurish uchun misni eritish va konverterlash bo‘yicha eng ilg‘or va yetakchi texnologiyalar o‘rganib chiqildi. Kombinat tomonidan tanlab olingan texnologiya mis konsentratidan misni ajratib olish darajasini 98,4 foizni tashkil etishi bilan ahamiyatlidir. Eng muhimi, yangi quriladigan metallurgiya majmuasi atrof-muhitga mutlaqo zararsiz, barcha texnologik jarayonlar to‘liq yopiq bo‘lib, hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararli sharoitlar minimal darajada (zararli gazlarni ushlab qolish 99,2-99,7%) bo‘lishi belgilangan.

Yangi metallurgiya majmuasida yiliga 300 ming tonna mis va 1,8 million tonna sulfat kislotasi ishlab chiqariladi. Sulfat kislotasi kimyo, uran sanoati, yangi sanoat korxonalari ishlab chiqarish quvvatlarini yanada oshirishga zamin yaratadi.

Mis ishlab chiqarish quvvatlarini oshirilishi esa o‘z navbatida mis xomashyosini Respublikaning o‘zida qayta ishlab, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega yangi turdagi mis mahsulotlari ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, mis konsentratlari tarkibidan olingan oltin va kumush respublika oltin-valyuta zaxiralari ko‘payishiga, zargarlik sanoati korxonalari rivojiga xizmat qiladi.

Yana bir muhim jihat ushbu loyihani amalga oshirilishi natijasida minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Bu loyiha shubhasiz Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini jahondagi eng yirik mis eritish korxonalaridan biriga aylantiradi.

Ma’lumot uchun: kuni kecha Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Finlyandiyaning “Metso” kompaniyasi o‘rtasida yangi metallurgiya majmuasiga yirik hajmda ishlab chiqarish texnologiyalarini loyihalash va yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
OKMK Axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Diqqat yangilik: OKMKda yangi metallurgiya majmuasi barpo etilmoqda