Andijonda “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati Konsepsiyasi mazmun-mohiyati va ahamiyati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazining Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida viloyatda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar bo‘limlari rahbarlari, faollari, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti professor-o‘qituvchilari, talabalari, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

– Tadbirni o‘tkazishdan maqsad joriy yil 25 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyatini targ‘ib etish, – deydi Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazining Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Farhodbek Otaxonov. – Qolaversa, qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlari oldidagi muhim vazifalarni atroflicha muhokama qilishdan iborat.

Yuqoridagi qonun 7 ta bob, 41 ta banddan iborat bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlangan.

Davra suhbatida mutaxassislar tomonidan konsepsiya davlatchilik rivojining boy milliy-tarixiy tajribasiga va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda ishlab chiqilganligi, ko‘pmillatli va ko‘pkonfessiyali O‘zbekistonda umumjamiyat manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, dunyoviylik, erkinlik, tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik asosida o‘zaro totuvlikda yashash hamda izchil taraqqiy etish uchun zarur barqaror muhitni ta’minlashga qaratilganligi ta’kidlandi. 

Tadbirda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari Farhodbek Otaxonovning “Jamiyatda diniy barqarorlikni ta’minlash va dunyoviylik tamoyillarini rivojlantirish masalalari”, Qirg‘iz va Uyg‘ur milliy-madaniy markazlari viloyat bo‘limlari rahbarlari Obidjon Nosirov, Adolatxon Rahmonovaning “Millatlararo totuvlik va konfessiyalararo hamjihatlikni ta’minlashda Konsepsiyaning o‘rni va ahamiyati” mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi. 

Shuningdek, ishtirokchilar va mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar, qonun targ‘ibotiga qaratilgan tadbirlar samaradorligi hamda qonun ijrosini ta’minlashda milliy-madaniy markazlar, jamoat tashkilotlari faolligini oshirish, hamkorligini mustahkamlash yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi. 

[gallery-23101]

Diniy qadriyatlar O‘zbekiston xalqining madaniyati, turmush tarzi, urf-odatlari, odob-axloqining shakllanishiga hamda ularning avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tishiga xizmat qilib kelayotganligi alohida ta’kidlandi.

 Tadbir davomidagi munozaralar, savol-javoblar orqali ishtirokchilarning mavzu doirasidan bilim va tushunchalari yanada boyidi. 

F. Ubaydullayev, 

Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Diniy sohadagi davlat siyosati Konsepsiyasi mazmun-mohiyati targ‘ib etildi