Ilm-fan – inson kamolotiga poydevor. Ma’rifat va ma’naviyat esa barkamollik ustunlaridir. Zero, qadim Sharqda ta’lim va tarbiya hech vaqt ayro yoki biri ikkinchisidan ustun baholanmagan. Bu esa dunyo tamadduniga tamal toshlarini qo‘ygan Imom Buxoriy, Al-Xorazmiy, Imom Nasafiy, Al-Farg‘oniy kabi ne-ne dovrug‘i dunyoga doston ulug‘ qomusiy allomalar bebaho merosida ham namoyon.

Ulug‘ ajdodlarning donishmandlik an’analariga amal qilib, bugun O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Buni mamlakatimizning tashqi va ichki siyosatidan tortib, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy hamda diniy-ma’rifiy sohalaridagi tub islohotlar misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi va xalqimiz birdamligida qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030 strategiyasi” asosidagi yangilanishlar tom ma’noda, xalqimiz hayotidagi farovonlik va mamlakat taraqqiyotida o‘z bo‘y-bastini ko‘rsata boshladi.

So‘nggi yetti yilda mamlakatimizda turli millat va konfessiyalar o‘rtasida o‘zaro hurmat, birdamlik va hamkorlik muhitini mustahkamlash, madaniyatlararo muloqotni qo‘llab-quvvatlash hamda tinchlik va totuvlikni ta’minlashga qaratilgan izchil va puxta o‘ylangan siyosat xalqaro hamjamiyat tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanmoqda.

E’tiborlisi, 2017 yili 19 sentyabrda Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan tashabbusning amaliy ifodasi sifatida 2018 yili BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi yalpi sessiyasida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik“ deb nomlangan maxsus rezolyutsiya qabul qilindi. O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasi BMTga a’zo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

O‘zbekiston taklif etgan rezolyutsiyaning asosiy maqsadi – barcha uchun ta’lim olish imkoniyatini taqdim etish, savodsizlik va bilimsizlikni bartaraf etishdan iborat. Hujjatda bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni o‘rnatish, diniy erkinlikni ta’minlash, dindorlar huquqlarini himoya qilish va ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka muhim ahamiyat qaratilgan.

“Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” to‘g‘risidagi rezolyutsiya jahonda ekstremizm, terrorizm muammosi avj olib, turli din va e’tiqod vakillariga nisbatan toqatsiz, murosasiz munosabatlar kuzatilayotgan bir vaqtda global tahdidlarga qarshi kurashishning samarali vositasi sifatida ma’rifat, ta’lim-tarbiya masalasini ilgari surgani bilan, ayniqsa, ahamiyatlidir.

Ta’kidlash joizki, dunyoning turli mintaqa va davlatlarida insonning yashashi, ta’lim olishi, mehnat qilish hamda o‘z iqtidorini namoyish etish, o‘z diniy e’tiqodiga amal qilish kabi hayotiy va tabiiy haq-huquqlari turli darajada poymol etilayotgan bir davrda O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat hamda 16 ta konfessiya vakillari bag‘rikenglik tamoyili asosida tinch-totuv yashab kelmoqda. Turli millat va din vakillarining bexavotir o‘z ibodatlarini emin-erkin ado etishlari esa jamiyat barqarorligida ustuvor jihat hisoblanadi.

Tahlillarga e’tibor bersak, hozirgi kunda O‘zbekistonda jami 2369 ta diniy tashkilot bo‘lib, shundan 2171 tasi islomiy va 198 tasi noislomiy diniy tashkilot hisoblanadi.

So‘nggi yetti yilda respublika bo‘yicha jami 130 ta diniy tashkilot, shu jumladan, 3 ta oliy va 1 ta o‘rta maxsus islom bilim yurti, 102 ta masjid hamda 24 ta turli konfessiyaga taalluqli noislomiy diniy tashkilotlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ma’lumki, yurtimiz azaldan ma’rifat markazi sifatida tanilgan. Shu bois yurtimizda ilmiy-ma’rifiy markazlar ham tashkil etilmoqda. Xususan, Toshkent shahrida ko‘p asrlik ma’rifat xazinasini o‘zida mujassam etadigan, fundamental tadqiqotlar olib boriladigan Islom sivilizatsiyasi markazi bunyod etilmoqda. Shuningdek, o‘tgan qisqa vaqt oralig‘ida Samarqandda Imom Buxoriy, Surxondaryoda Imom Termiziy va Toshkent shahrida Imom Moturidiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Hozirda ushbu ilmiy markazlarda aniq fanlar qatorida Hadis, Kalom, Aqida, Tasavvuf, Fiqh kabi ilmlar bo‘yicha chuqur tadqiqot va izlanishlar olib borilmoqda. Buxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent islom instituti, Imom Termiziy nomidagi islom instituti va Samarqanddagi Hadis ilmi maktabi singari oliy o‘quv yurtlarida ham yetuk malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda.

2018 yilda esa islohotlarning uzviy davomi sifatida O‘zbekiston Islom akademiyasi va Toshkent Islom universiteti negizida O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi tashkil etildi. Akademiya tarkibidagi malaka oshirish Markazi faoliyatiga qo‘shimcha ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida uning hududiy filiallari tashkil etilgani ham diniy ta’lim sohasida o‘ziga xos ahamiyat kasb etmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, 2017 yilga qadar 3 ta oliy (1 ta islomiy 2 ta noislomiy) hamda 9 ta o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasasi faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kundagi holatga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 16 ta diniy ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, ulardan 6 tasi oliy ta’lim berishga mo‘ljallangan, jumladan, Toshkent islom instituti, Imom Termiziy nomidagi islom instituti, Buxoro “Mir Arab” oliy madrasasi, Samarqand “Hadis ilmi maktabi”, Toshkent pravoslav va Toshkent xristian seminariyalaridir.

Bugungi kunda mazkur ta’lim muassasalarida islom ma’rifatini tarqatish, o‘tmish ajdodlarning boy ma’naviy merosini yanada chuqur o‘rganish borasida keng ko‘lamli ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Xususan, 2017-2024 yillar davomida diniy-ma’rifiy merosimizni o‘rganishga oid 220 ta falsafa fan nomzodligi va Fan doktorligi ilmiy dissertatsiyalari himoyasi amalga oshirildi.

Yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk mutafakkir allomalarning hayoti va ilmiy merosini o‘rganish yuzasidan jami 600 dan ortiq kitob, monografiya, xalqchil risola, roman nashr qilindi.

Zamonaviy islomshunoslik masalalariga oid jami 250 ta, jumladan, 173 ta kitob, 52 ta qo‘llanma, 25 ta monografiya chop etildi.

Movarounnahrlik allomalarimiz ma’naviy merosiga oid chet ellarda chop etilgan mingga yaqin nomdagi kitoblar yurtimizga keltirildi. Ulug‘ allomalarimizning yurtimiz va xorijda saqlanayotgan merosiga taalluqli 10 000 dan ortiq qo‘lyozma asarlarining elektron bazasi shakllantirildi.

Yana bir e’tiborli jihat: So‘nggi yillarda noislomiy konfessiyalarning tadbirlari yuqori saviyada tashkil etib kelinmoqda. Xususan, Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasining 145 yilligi (2017 yil noyabr) va 150 yilligi (2021 yil noyabr), Arman apostollik cherkovining 120 yilligi (2023 yil sentyabr), O‘zbekiston Bibliya jamiyatining 25 yilligi (2018 yil noyabr) va 30 yilligi (2023 yil sentyabr), Bahoiylar diniy jamoasi asoschisi Bahoulla tavalludining 200 yilligi (2017 yil noyabr), Bob tavalludining 200 yilligi (2019 yil noyabr) va Abdul Baho vafotining 100 yilligi (2022 yil yanvar) kabi tadbirlarning yuqori saviyada tashkil etilgani – yurtimizdagi tinchlik va bag‘rikenglikning yaqqol namunasi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shuningdek, O‘zbekiston Bibliya jamiyati respublikada xristianlik diniy yo‘nalishlari uchun diniy mazmundagi materiallar bilan ta’minlovchi yagona jamoatchilik markazi hisoblanib, muttasil ravishda jahonning turli tillarida, shu jumladan, o‘zbek tilidagi diniy materiallarni nashr etish va respublika hududiga olib kirishni ta’minlab keladi.

Jumladan, so‘nggi yillarda ushbu jamiyat tomonidan 20 turdan ortiq diniy mazmundagi adabiyotlar taxminan 90 ming nusxada chop etilgan va import qilingan. Bularning orasida “Muqaddas kitob” 20 mingga yaqin, “Muqaddas kitob. Yangi ahd” va “Yangi ahd” kitoblari 5 mingga yaqin nashrda chop etilgan.

Shu bilan birga, turli din vakillarining xorijdagi muqaddas maskanlarni ziyorat qilishiga ham katta e’tibor qaratildi. Jumladan, 500 mingga yaqin fuqaro Haj va Umra safariga, 10 000 dan ortiq fuqarolar Isroil, Rossiya, Gruziya, Turkiya kabi davlatlarda ziyoratlarni amalga oshirdi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurashish chora-tadbirlarini amalga oshirishdagi yondashuvlar konseptual jihatdan qayta ko‘rib chiqildi. Bunda asosiy e’tibor aholi o‘rtasida profilaktika va tushuntirish ishlariga qaratildi. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan barcha sa’y-harakatlar «Jaholatga qarshi ma’rifat» degan ezgu g‘oyaga asoslangan.

Ta’kidlash joizki, bugungi tahlikali, ziddiyatli zamonda O‘zbekistondagi mavjud dinlararo va millatlararo totuvlik hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar turli davlatlar uchun o‘rnak bo‘layotgani e’tirof etilmoqda.

So‘nggi yillarda Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Misr, BAA, Turkiya,  Malayziya, Indoneziya singari davlatlarning diniy sohaga mas’ul turdosh vazirlik va idoralari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda ta’lim muassasalari bilan 125 dan ziyod hamkorlik memorandumlari imzolangani fikrimizning yaqqol isbotidir.

O‘z navbatida, 2017-2024 yilda respublikamizdagi ko‘zga ko‘ringan ulamolar, dinshunos va islomshunos olimlar hamda tadqiqotchilarning Turkiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Misr, Malayziya, Indoneziya, Singapur, Afg‘oniston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon bilan hamkorlikda tashkil etilgan 400 dan ortiq tadbirlarda ishtirok etdi.

Shu bilan birga, nufuzli xalqaro islom tashkilotlari rahbarlari, taniqli diniy ulamolarning O‘zbekistonga tashrifi tashkil etildi. Xususan, AYSESKO, IRSIKA, KOMSTEK, Islom taraqqiyot banki, Oksford islom tadqiqotlari markazi, Malayziya Islomni anglash instituti, Umumjahon so‘fiylar markazi, Saudiya Arabistoni Axborot va arab-rus tadqiqotlari markazi, Hindiston islom madaniyati markazi va boshqa nufuzli xalqaro hamda xorijiy tashkilotlar rahbarlari mamlakatimizda bo‘lishdi.

Xulosa o‘rnida aytish joizki, O‘zbekiston ming yillar davomida Buyuk Ipak yo‘lining muhim qismi bo‘lib kelgan. Bu yerda savdo-sotiq, ilm-fan, madaniyat markazlari hamisha taraqqiy etgan. Ularning rivojlanishida xalqimizga xos bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, o‘zga madaniyat vakillariga hurmat tuyg‘ulari asosiy omillardan bo‘lgani tabiiy. Shuning uchun bugungi kunda ham o‘lkamizda turli xalqlar urf-odat va an’analari o‘zaro uyg‘unlikda rivojlanib bormoqda.

Shulardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan diniy-ma’rifat sohasida olib borilayotgan o‘tkir siyosat tom ma’noda, dunyo mamlakatlarida tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikning asosi bo‘lib xizmat qilishi, shubhasiz.

Sodiq TOSHBOEV,

O‘zbekiston Respublikasi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Diniy bag‘rikenglik – tinchlik va taraqqiyot asosi