Dilmurod Ma’rufjonov jahon chempioniga aylandi
Janubiy Koreyaning Chuncheon shahrida taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida hamyurtimiz Dilmurod Ma’rufjonov oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Aniqrog‘i, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi Dilmurod Ma’rufjonov 45 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etib, xorvatiyalik Uilem Bezyakni, tailandlik Nitipom Chayotahni, indoneziyalik Odri Deyvin Fulvianni, Xitoy Taypeyi vakili He Yanjini va kanadalik Zatch Gillisni taslim etdi.
Taekvondochimiz so‘nggi hal qiluvchi final bahsida meksikalik Xuan Rodrigesga qarshi dayanga chiqdi. Ushbu bellashuvda Dilmurod 2:0 (18:15, 14:6) hisobida mag‘luboyatga uchratgan holda jahon chempioniga aylandi.
Afsuski, yana bir vakilimiz Nurlan Bayxojayev nimchorak final bosqichida avstraliyalik Ayden Stilley bilan jang qilib, kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA