So‘nggi yillarda mamlakatimizda ayollar va bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilada va jamiyatda ularning mavqeini yanada mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, ayollar va bolalarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilindi. Jumladan, Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan oilaviy zo‘ravonlik uchun javobgarlik belgilandi, jazo choralari kuchaytirildi. Shu bilan birga, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini yangi bosqichga olib chiqish va sohani yanada takomillashtirish maqsadida “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
Endilikda, davlat bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish uchun tegishli huquqiy, ma’muriy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa choralarni ko‘rishi, zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarni reabilitatsiya qilishi va ularning huquqlarini tiklashi hamda ularni ijtimoiy moslashtirish uchun zarur bo‘lgan samarali choralar ko‘rishi qonunan belgilanmoqda.
Ma’lumot uchun, “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun 5 bob va 51 moddadan iborat bo‘lib, qonun bilan bolaga nisbatan zo‘ravonlik tushunchasi va jismoniy, jinsiy va ruhiy zo‘ravonlikdan tashqari uning yangi shakllari – g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya, bulling kabilar ham e’tirof etilmoqda.
Qonun bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bo‘yicha umumiy va individual chora-tadbirlarni belgilab beradi. Mazkur qonun 2025 yil 15 maydan kuchga kiradi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/TdIDfOfT820" title="Dilbar Mamajonova:Har bir bola davlat himoyasida!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, I.Ismatov (video), O‘zA