Dezinfeksiya tadbirlari uzluksiz davom etmoqda
Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha shahar va tumanlarida aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida dezinfeksiya tadbirlari uzluksiz davom ettirilmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha shahar va tumanlarida aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida dezinfeksiya tadbirlari uzluksiz davom ettirilmoqda.
Ushbu tadbirlarda koʻcha va hiyobonlar, aholi koʻp toʻplanadigan joylar, dehqon bozorlari, savdo majmualari, avtostansiyalar, mahalla va koʻp qavatli uylar atrofida zararsizlantirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Dezinfeksiya ishlarida Qoraqalapgʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarifaol ishtirok etayotir. Ular shuningdek, aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini tashkil etib, karantin qoidalariga qatʼiy amal qilish, tibbiyot niqobidan toʻgʻri foydalanish, zarurat boʻlmasa koʻchaga chiqmaslikni targʻib qilmoqda.


