Devis kubogi: Denis Istomin dastlabki kungi bahsda g‘alaba qozondi
Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Devis kubogi jahon ligasining pley-off bahsida Shveytsariya terma jamoasi bilan bahslashmoqda.
Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Devis kubogi jahon ligasining pley-off bahsida Shveytsariya terma jamoasi bilan bahslashmoqda.Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida o‘tayotgan musobaqaning yakkaliklar o‘rtasidagi dastlabki kungi bahslarida tennischimiz Denis Istomin Antoin Belliyerga qarshi kortga chiqdi. Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi raqibi ustidan 6:3, 6:2, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi. Sanjar Fayziyev esa Henri Laaksonenga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
– O‘zbekiston tennis maktabi dunyoda o‘z mavqeiga ega, – deydi Antoin Belliyer. – Denis Istomin tajribali tennischi. Unga qarshi har qanday o‘yin juda qiyin o‘tadi. Uning to‘p uzatmalari kuchli. Musobaqa har tomonlama yaxshi tashkil etilgan. Bizga yaratib berilgan qulay shart-sharoit uchun minnatdormiz.
O‘zbekiston va Shveytsariya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning birinchi kun yakunlari bo‘yicha hisob 1:1 bo‘ldi. Endi juftlik bahslarida D.Istomin va F.Do‘stov mehmon tennischilar H.Laaksonen va A.Belliyer bilan kuch sinashadi.