Avval xabar berilganidek, bugun Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish hamda saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotiga oid masalalar ko‘rib chiqilib, qarorlar qabul qilindi.

Majlisda ko‘rilgan masalalar yuzasidan Markaziy saylov komissiyasining matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanida MSK Raisi Z.Nizomxodjayev majlisda qabul qilingan qarorlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilganidek, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga ko‘rsatilgan jami 375 nafar nomzod ro‘yxatga olindi. Shuningdek, yagona saylov okrugi bo‘yicha siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan jami 500 nafar partiya ro‘yxatidagi nomzodlar ro‘yxatga olindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) Kengashlariga har bir partiyadan nomzodlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, deputatlik mandati uchun 28 ming 475 nafar nomzodlar kurash olib boradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) Kengashlari deputatligiga nomzodlarning o‘rtacha yoshi 44,4 yoshni tashkil etib, ulardan 54,9 foizi 45 yoshgacha bo‘lganlar, 36,4 foizi 45-60 yoshdagilar bo‘lib, viloyat Kengashiga nomzodlar orasida eng yoshi 24 yosh. Tuman Kengashlariga nomzodlar orasida eng yoshi 21 yosh.

Nomzodlarning 90,3 foizi oliy ma’lumotli. Ular orasida pedagoglar – 36 foiz, iqtisodchilar – 15,8 foiz, muhandislar – 9,6 foiz, shifokorlar – 9,4 foiz, huquqshunoslar – 3,3 foiz, tadbirkor, fermer va boshqa soha vakillari 25,9 foizni tashkil etadi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda yashayotgan aksariyat millat va elatlarning vakillari ham nomzodlar orasida bor. Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga nomzodlarning 973 nafari tojik, 588 nafari qozoq, 146 nafari turkman, 141 nafari qirg‘iz, 67 nafari rus va boshqa millatlarni tashkil etadi.

Nomzodlarni ko‘rsatishda siyosiy partiyalar inklyuzivlikka ham alohida e’tibor qaratganini kuzatish mumkin. Jumladan, Qonunchilik palatasi saylovi bo‘yicha deputatlikka nomzodlar orasida jami 11 nafar va mahalliy Kengashlar saylovi bo‘yicha deputatlikka nomzodlar orasida jami 605 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar mavjud. Bunday yuqori darajadagi inklyuzivlik birinchi marotaba kuzatilmoqda.

“Ye-saylov” interaktiv portali orqali barcha darajadagi saylovlar bo‘yicha ro‘yxatga olingan 29 ming 350 nafar deputatlikka nomzodlarning mobil telefonlariga ular tegishli vakillik organi saylovi bo‘yicha deputatlikka nomzod etib ro‘yxatga olinganliklari, “Ye-saylov” tizimi yordamida ishonchli vakillarini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkinligi va saylovoldi tashviqoti boshlanishi va muddatlari to‘g‘risida xabarnomalar yuboriladi.

Matbuot anjumanida qayd etilganidek, Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha deputatlikka nomzodlarning va siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqoti 2024 yil 22 sentyabrdan boshlanadi. Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan davlat markaziy va hududiy teleradiokanallari hamda gazetalarida deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalar uchun saylovoldi tashviqoti davrida bepul efir vaqti hamda nashr maydoni hajmi ajratildi. Xususan, respublika darajasidagi “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat” telekanallarida va “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla” radiokanallarida siyosiy partiyalarga tashviqot ishlarini olib borish uchun bepul efir vaqtlari ajratildi.

Markaziy saylov komissiyasining 2024 yil 2 iyuldagi qarori bilan saylovoldi tashviqotini olib borish bo‘yicha nizomga muvofiq, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda saylovoldi tashviqoti materiallarini tayyorlash va tarqatish mumkin. Bunda siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlar sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan tashviqot materiallarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib tayyorlanganligi haqida ma’lumotlar ko‘rsatishi, har qanday shaxsning tasvirga va uning ovoziga bo‘lgan huquqlarini, shuningdek, boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzmasligi, biror-bir shaxsning tasviri va ovozi, shuningdek, boshqa shaxsga doir ma’lumotlaridan foydalanilganda, ushbu shaxsning oldindan roziligini olish kabi qoidalarga amal qilishi lozim.

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javoblar qaytarildi. Jumladan, jurnalistlarning siyosiy partiyalarga saylovoldi tashviqoti uchun qancha mablag‘ ajratilishiga oid savoliga partiyalarning deputatlikka nomzodlari ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin ularning soniga qarab mablag‘ ajratiladi, deya javob qaytarildi.

Muhtarama Komilova, Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputatlikka nomzodlarning tarkibi va yoshi qanday?