Shu yil 7 may kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar sarhisob qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab berilgan edi.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi deputatlari joylardagi o‘rganishlari davomida tibbiyot muassasalarining ahvoli, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini o‘rgandilar.

O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikda fuqarolar uchun sayyor qabul ham tashkil etildi. Hududlardan quyi palataga murojaat va taklif yo‘llagan fuqarolarning masalalari joyida ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, hududlarda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati ham deputatlar e’tiborida bo‘ldi.

Hududlarda jamoatchilik nazorati tartibida maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar o‘rtasida kuzatilayotgan “yassioyoqlik” va “skolioz” kasalliklarini aniqlash maqsadida tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.

O‘rganishlar yakuniga bag‘ishlangan fraksiya yig‘ilishida qayd etilganidek, o‘rganishlar davomida jami 307 ta ob’ektlarga tashrif buyurilgan. 104 ta ijtimoiy soha ob’ektlari va 48 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida uchrashuvlar o‘tkazilgan, aksariyat murojaatlar ijobiy hal etilgan.

M.Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputatlar tibbiyot muassasalarining holatini o‘rgandi