Deputatlar barchani referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uychi tuman madaniyat markazida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Unda viloyat, tuman Kengashlari deputatlari, MFY raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, nuroniylar qatnashdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan yangi norma va qo‘shimchalarning mohiyati hamda ahamiyati haqida alohida to‘xtalib, joylarda o‘tkazilajak referendum haqida batafsil ma’lumot berdilar.
[gallery-11152]
Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputati N. Mamasoliyeva, tuman Kengashi deputati R. Nazarova va boshqalar barchani referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA