Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Ahmed Reymov uchinchi chorak davomidagi faoliyati bo‘yicha saylovchilarga axborot berish rejasi doirasida “Juo‘azshы” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda u xalq bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini eshitish, shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan islohotlar va yangiliklar haqida ma’lumot berishni asosiy maqsad qilib oldi.
Deputat o‘z nutqida mamlakatimizda, ayniqsa Qoraqalpog‘iston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, yo‘l va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi. Shuningdek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlarning, shuningdek, Orolbo‘yi aholisi manfaati uchun joriy etilgan Davlat dasturlarining mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratdi.

Uchrashuv davomida mahalla aholining suv ta’minotini yaxshilash, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, bolalar va yoshlar uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlarni ko‘paytirish kabi bir qator takliflar bildirildi.
Deputat ushbu masalalarni hal etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
Ahmed Reymov xalq bilan uchrashuvlarni muntazam ravishda tashkil etish, fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning turmush darajasini oshirish yo‘lida xizmat qilish deputatlikning asosiy burchi ekanligini ta’kidladi. Saylovchilar vakilining tashabbus va fikrlarini mamnuniyat bilan kutib olishdi va ular ham bir necha masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri