Deputat maktabga sport anjomlari sovg‘a qildi
“Milliy tiklanish” partiyasi deputati Jahongir Ziyayev 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 101-sonli maktabga kelib, turli sport anjomlarini sovg‘a qildi.
Bu o‘quvchilar uchun quvonchli voqea va sovg‘a bo‘ldi.
Jahongir Ziyayev shu kuni maktab jamoasi va o‘quvchilar bilan dildan suhbatlashdi. Bolalarning o‘qishlari bilan qiziqdi, ijodiy ishlari bilan tanishdi.
Mazkur maktab-internat jamoasi ushbu e’tibordan bag‘oyat mamnun bo‘ldi.



Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA