“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi deputat Dilnoza Azizova xizmat safari davomida davlatimiz rahbarining yaqinda Namangan viloyatiga amalga oshirgan tashrif manzilgohlarida bo‘ldi.

Prezidentimiz Norin tumanidagi Sho‘rariq mahallasidagi abgor holat keskin tanqid ostiga olib, Yangi Namangan nomini olgan mahallani nomiga munosib ravishda obod maskanga aylantirish borasida aniq topshiriqlar berdi. E’tiborlisi shundaki, bunyodkorlik ishlariga 10 milliard so‘mlik mablag‘ ajratib berilgani, viloyat aholisining roziligi va taraqqiyot siyosatining amaliy ifodasi bo‘ldi.

Ayni kunlarda Yangi Namangan mahallasida mavjud sakkizta ko‘chaning barchasida ichki yo‘llarni asfaltlash jarayonlari qizg‘in olib borilmoqda.

– “Yangi Namangan” mahalla fuqarolar yig‘inidagi o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishib, tegishli mutasaddilar va “mahalla yettiligi” bilan suhbatlashdik, – deydi deputat Dilnoza Azizova. – Ma’lum bo‘lishicha, nom o‘zgarishi bo‘yicha tuman “toponimik komissiyasi” xulosasi asosida respublika Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiga rasmiy xat yo‘llangan. Uning javobi kelgandan so‘ng masala mahalliy Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritilishi va bu yuzasidan tayyorlanayotgan hujjatlar bilan ko‘zdan kechirib, zarur tavsiyalar berdik.

Parlament vakili shuningdek, aholi xonadonlariga borib, yurtdoshlarimiz bilan  yuzma-yuz muloqotda bo‘ldi. Bugungi kunda mahalla tomorqalarida baliqchilik, asalarichilik, parrandachilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanib, mo‘may daromad topayotganlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Fuqarolar mamlakat rahbari tashrifidan keyingi yangilanish va o‘zgarishlar, infratuzilmadagi keng qamrovli ishlar va aholi turmush sifatini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlardan mamnun ekanligini bildirdi. Bu rozilik o‘z navbatida, elimizning davlat siyosatiga bo‘lgan ishonchi natijasidir.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputat mahallada suhbat o‘tkazdi