Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Aziza Aminova Navoiy viloyatida bo‘lib, ijtimoiy soha ob’ektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida deputat “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filialida bo‘ldi. O‘tgan 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, sohada uchrayotgan muammolar va kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.  

Hozirgi kunda filial tomonidan aholi, ijtimoiy soha ob’ektlari hamda tadbirkorlik sub’ektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida umumiy uzunligi 12 099,14 km bo‘lgan 0,4–6/10 kVli havo elektr uzatish tarmoqlari va 4 004 ta past kuchlanishli transformator punktlari orqali 291 999 nafar iste’molchiga belgilangan tartibda elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.

Hozirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali korxonasi tomonidan “Yangi Navoiy” shaharchasi va “Yangi O‘zbekiston” bog‘ining elektr ta’minoti tizimlarini qurish ishlari loyiha-smeta hujjatlariga asosan olib borilmoqda.  

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 14 martdagi yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Xatirchi tumanini jadal kompleks rivojlantirish dasturi doirasida “Ildam qadam” davlat dasturi doirasida 74 km elektr uzatish tarmog‘i va 31 dona transformator punkti o‘rnatish rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar 5,8 km elektr tarmog‘i va 26 dona transformator punktini o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.  

Yuqoridagi ishlar yakuniga yetgach, tuman va shaharlardagi 292 mingdan ziyod aholi xonadonlari hamda 19 mingdan ziyod ijtimoiy soha ob’ektlari va tadbirkorlik sub’ektlariga yetkazib berilayotgan elektr ta’minoti yaxshilanadi.

Uchrashuv davomida deputat tizim faoliyatini yanada yaxshilash borasida o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputat kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi