Denovda “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar aniqlandi
Surxondaryo viloyatida “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni saralash bosqichi davom etmoqda.
Tanlovning Denov tumani bosqichida 73 nafar iqtidorli qiz 8 ta yo‘nalishda o‘z bilim va iqtidorini namoyish etdi. Ularning 22 nafari adabiyot, to‘rt nafari axborot texnologiyalari, 11 nafari fan, olti nafari jamoatchilik, bir nafari san’at, 15 nafari sport, 13 nafari ta’lim yo‘nalishlarida qatnashdi.

Tuman komissiyasi mukofotga eng sara, munosib nomzodlarni aniqlash uchun ularning erishgan yutuqlari, ilmiy-ijodiy izlanishlari va amaliy ishlarini nizomda belgilangan mezonlar asosida baholadi.

G‘oliblar viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Iste’dodli, bilimli va tashabbuskor qizlarni qo‘llab-quvvatlab, ularning ilmiy, ijodiy, ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish, iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qilayotgan tanlov ishtirokchilari munosib taqdirlandi.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri