Denis Istomin xalqaro turnir g‘olibi
Mamlakatimizda Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan tennis jadal rivojlanmoqda. Buning samarasida mahoratli tennischilar yetishib, nufuzli musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.
Mamlakatimizda Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan tennis jadal rivojlanmoqda. Buning samarasida mahoratli tennischilar yetishib, nufuzli musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.Denis Istomin ana shunday sportchilardan biri. U shu kunga qadar “Chellenjer”, “Fyuchers” va ATR tasnifiga kiruvchi nufuzli musobaqalarda o‘ndan ziyod g‘alabalarni qo‘lga kiritgan.
Denis Buyuk Britaniyaning Nottengem shahrida Professional tennischilar uyushmasi – ATR turkumiga kiruvchi “Aegon Nottingham Open – 2015” xalqaro turnirida ham yuksak saviyada o‘yin namoyish etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
U musobaqada ispaniyalik Nikolas Almagro, argentinalik Xuan Monako, ukrainalik Sergey Staxovskiy, argentinalik Leanardo Mayer hamda kiprlik Markos Bagdatisni mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l oldi.
Hal qiluvchi bahsda AQSh vakili Sem Kuerrini har ikkala setda 7:6 hisobida yengib, musobaqa g‘olibiga aylandi.