Denis Istomin chorak finalda oʻynaydi
Poytaxtimizda professional tennischilar uyushmasi – ATR tomonidan oʻtkazilayotgan “Tashkent Challenger“ turnirida yakkalik va juftlik bahslari boʻlib oʻtdi.
Poytaxtimizda professional tennischilar uyushmasi – ATR tomonidan oʻtkazilayotgan “Tashkent Challenger“ turnirida yakkalik va juftlik bahslari boʻlib oʻtdi.Yakkalik bahslarining ikkinchi davrasida mamlakatimizning birinchi raqamli raketka ustasi Denis Istomin qozogʻistonlik Aleksandr Bublikka qarshi kortga chiqib, 7:6, 6:1 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa musobaqaning chorak finalida Denis kanadalik Feliks Aliassim Oge bilan kuch sinashadigan boʻldi.